$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Imron Xonning hokimiyatdan ketishi Oʻzbekiston-Pokiston munosabatlariga qanday taʼsir qiladi?

17:25 / 15.04.2022

Soʻngi vaqtlarda Oʻzbekiston-Pokiston oʻrtasidagi munosabatlar yangi pogʻonaga koʻtarildi. Misol uchun oʻtgan yili Pokiston Bosh vaziri Imron Xon rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgan boʻlib, Oʻzbekiston – Pokiston biznes forumida qiymati 500 million dollardan ziyod bo‘lgan shartnomalar imzolangan edi. Bundan tashqari joriy yilning  3-mart kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Pokistonga bordi.

Bugungi kunda xorijiy ekspertlar ikki davlat oʻrtasida munosabatlarga alohida urgʻu berilmoqda. Biroq 10-aprel kuni Pokiston parlamenti mamlakat Bosh vaziri Imron Xonga ishonchsizlik votumi eʼlon qildi va uni lavozimidan chetlatdi. Uning oʻrniga Shahboz Sharif mamlakatning yangi bosh vaziri etib sayladi.

Shu joyda bir nechta savol tugʻiladi. Imron Xon nega ketdi? Yangi Bosh vazir kim? Pokistonda Bosh vazirning oʻzgarishi Oʻzbekiston-Pokiston munosabatlariga qanday taʼsir qiladi? Bugungi maqolamizda shular haqida soʻz yuritamiz.

Imron Xon nega ketdi?

Imron Xon 2018-yildan beri Pokiston Bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. U siyosatga kirib kelishidan oldin mashhur kriketchi boʻlgan. Imron Xon saylov vaqtida mamlakatda korrupsiyani yengib, Pokistonni iqtisodiy inqirozdan olib chiqishga vaʼda bergan edi. Lekin hozirda koʻplab mahalliy aholi vakillari uning bu vaʼdalari quruq gap ekanligini aytishmoqda.

Bundan tashqari Imron Xon hokimiyatga kelgach, asosan Rossiya va Xitoy bilan aloqalarni mustahkamladi. U oʻz navbatida AQSh bilan munosabatlarni sovuqlashtirdi. Xususan, Imron Xon AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush maʼmuriyatini “terrorga qarshi urush” uchun tanqid qilib chiqdi.

Joriy yilning 24-fevral sanasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari “maxsus harbiy operatsiya” boshlaganini eʼlon qilgan kuni Imron Xon Moskvada boʻlgan.

Ayrim siyosatchilarning fikricha, Imron Xon oʻz atrofidagi vaziyatni qanday ekanligini bilgan, shu bois ham Rossiya prezidenti Vladimir Putinning huzuriga borgan.

Imron Xon Pokiston prezidenti Orif Alviyga davlat rahbari sifatida Milliy assambleyani (Pokiston parlamentining quyi palatasi) tarqatib yuborish toʻgʻrisida murojaat qilgan. Lekin buning aksi boʻldi. Parlamentning birinchi urinishlarini bekor qilganiga qaramay, oradan bir necha kun oʻtib Imron Xon isteʼfoga kuzatildi.

Imron Xonning siyosiy muvaffaqiyatsizligi bir necha omil tufayli sodir boʻldi. Birinchidan, parlamentdagi uning partiyasi “Tahriki insof” oʻz ittifoqchilarining ishonchini yoʻqotdi va uning taʼsiri zaiflashdi. Ikkinchidan Imron Xon oʻzining tayanchi hisoblangan harbiylarning qoʻllab-quvvatlashidan mahrum boʻldi. Aynan harbiylar 2018-yilda Imron Xonning saylovda gʻalaba qozonishda yordam bergan edi. U hokimiyatga kelgach harbiy lavozimlarga tayinlov borasida ayrim muhim shaxslar bilan kelisha olmagan. Bundan tashqari tashqi siyosatda Rossiya va Xitoy bilan yaqinlashuv ayrim harbiy hamda siyosiy shahlarga maʼqul boʻlmagan. Uchinchidan, epidemiya tufayli Pokiston iqtisodida ancha choʻkish kuzatildi. Epidemiyadan keyin ortib borayotgan inflyatsiya tufayli iqtisodiy inqiroz yanada avj oldi. Bu oʻz navbatida muxolifatga qulay sharoit yaratdi.

Yangi Bosh vazir kim?

Pokiston parlamenti 11-aprel kuni Shahboz Sharifni mamlakatning yangi bosh vaziri etib sayladi. U sobiq Bosh vazir Navoz Sharifning ukasi hisoblanadi. Shahboz Sharif 70 yoshda boʻlib, Pokiston musulmon ligasi (PML-N) partiyasining rahbari. Muxolifatchi blok nomzodini yoqlab 174 nafar deputat ovoz berdi. U Pokiston tarixidagi 23-bosh vazir boʻldi.

Shahboz Sharif 1951-yil 23-sentabr kuni Lahor viloyatida tugʻilgan. U 1990-yilda Panjob viloyati kengashiga saylangan. 1999-yilda general Parvez Musharraf hokimiyatga kelganidan keyin Shahboz va akasi Navoz bilan Londonga qochib ketgan. U 2000 –2010 – yillarda uch marta Panjob gubernatori etib tayinlangan. Uning akasi Navoz Sharif esa uch marta: 1990 –1993, 1997 – 1999 va 2013 – 2017 – yillarda Pokiston Bosh vaziri boʻlgan.

Shahboz Sharif 2023-yilning avgustida boʻlib oʻtadigan navbatdagi parlament saylovlarigacha yangi hukumatni tuzadi.

Yangi Bosh vazir yaqinda bergan intervyusida AQSH bilan yaxshi aloqalar Pokiston uchun strategik ahamiyatga ega boʻlishini aytgan. Bu Imron Xonning Vashingtonga nisbatan siyosatiga butunlay qarama-qarshi yoʻnalish hisoblanadi.

Sharifning nomzodi Bosh vazirlikka taqdim etilgandan soʻng, u jurnalistlarga “milliy uygʻunlik” uning siyosati asosi boʻlishini aytgan. Shu bilan birga u Hindiston bilan tinchlikka erishishni istashini, buning uchun Kashmir muammosini hal etish zarurligini taʼkidlagan.

Geosiyosiy vaziyat

Imron Xon hokimiyatga kelgach, asosan Xitoyga arentir oldi. Tabiiyki, bu narsa Xitoy bilan jiqqa-musht  boʻlayotgan AQShga yoqmadi. Pokiston Xitoy amalga oshirmoqchi boʻlgan Malaka boʻgʻozini chetlab oʻtadigan iqtisodiy koridor va “Belt yoʻli” loyihasida asosiy figuraga aylandi. Bu ham yetmaganidek, Gvadar portiga Xitoy tomonidan katta sarmoya kiritilishi AQSh va Yevropa mamlakatlarini tashvishga sola boshladi. Turgan gapki, AQSh Xitoyni Pokiston orqali Hind okeani va Fors koʻrfaziga chiqishini istamaydi.

Bundan tashqari Pokiston Rossiya bilan savdo-iqtisodiy va harbiy-texnik hamkorligini jadal suratlarda yoʻlga qoʻygan. Hatto, Rossiya-Pokiston oʻrtasida “Pokiston oqimi” gaz quvuri qurish borasida tomonlar kelishuvga ham erishib boʻlgan edi. Biroq yangi kelgan rahbar bu hamkorliklarni muzlatib qoʻyishi ham mumkin.

Pokistonda bosh vazirning oʻzgarishi Oʻzbekiston-Pokiston aloqalariga qanday taʼsir qiladi?

Soʻngi vaqtlarda Oʻzbekiston-Pokiston oʻrtasidagi munosabatlar yangi pogʻonaga koʻtarildi. Sababi Pokiston bilan koʻp qirrali oʻzaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama kengaytirish Oʻzbekiston manfaatlariga mos keladi.

Bugungi kunda Toshkent, Islomobod va  Kobul bilan har uchala davlat manfaatlariga javob beradigan qoʻshma iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda faol hamkorlik qilmoqda. Misol uchun Xitoyning “Bir kamar, bir yoʻl” loyihasiga Oʻzbekiston ham katta umid bogʻlagan. Bundan tashqari Termiz–Mozori Sharif –Kobul –Peshovar temir yoʻli qurilishi loyihasi ham boʻlib, Oʻzbekiston Afgʻoniston va Pokiston orqali Karachi portlariga chiqishni koʻzlagan. Temir yoʻlning qurilishi joriy yilning 29-mart kunidan boshlangan edi. Taxminlarga koʻra, mazkur temir yoʻl ishga tushirilgandan keyingi dastlabki yillarda mazkur yoʻnalishda yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.

Albatta, shu oʻrinda “Pokistonda bosh vazirning oʻzgarishi bu loyihalarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinmi”, degan savol tugʻiladi.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Pokiston Bosh vazirining oʻzgarishi Oʻzbekiston qanday taʼsir koʻrsatishi masalasida quyidagicha fikr bildirdi:

 “Rahbarlar oʻrtasida shaxsiy muloqot degan tushuncha mavjud. Misol uchun Bosh vazirlar, prezidentlar oʻrtasida doʻstlik aloqalari mustahkam oʻrnatilsa, bu narsa davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarga ham koʻchadi. Yangi rahbarning kelishi Oʻzbekiston bilan kelishilgan rejalarga biroz soya solishi mumkin. Lekin davlat rahbari almashgani bilan oʻrtadagi kelishuv davom etaveradi. Faqat hokimiyat almashayotganda davlat koʻproq oʻzi bilan boʻladi. Aytaylik yarim yil oʻtganidan keyin tashqi aloqalarga qaytadi. Rahbarlar oʻzgarganida ularning ichki va tashqi siyosati ham oʻzgaradi. Imron Xon bu Xitoyga arentir olgan, diniy elementlar bilan davlatni boshqargan rahbar edi. Uning geosiyosiy kursi AQShga qarshi turish edi. Yangi keladigan Bosh vazirning qarashi qanday boʻladi va uning Markaziy Osiyo borasidagi qarashlari qanday ekanligini oldindan aytib boʻlmaydi. Pokistonda Bosh vazirining oʻzgarishi kardinal munosabatlarni oʻzgartirmaydi. Pokistonning Markaziy Osiyo bilan eng avvalo, Oʻzbekiston bilan ijobiy hamkorlik qilishiga davlatning fundamental manfaatlari taqozo qiladi. Yaʼni Pokiston Oʻzbekistonga     ikkita koʻz bilan qaraydi. Birinchisi, geoiqtisodiy. Ikkinchisi, diniy. Yaʼni geomafkuraviy qarash ham mavjud. Imron Xonning hokimiyatdan ketishi davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni biroz pauzaga qoʻyadi. Hech qanday munosabatlar uzilmaydi va oʻylaymanki, bir muddatdan soʻng aloqalar davom etaveradi”.


O‘zbekiston


														
														Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024

														
														Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024

														
														Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024

														
														O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024

														
														Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024

														
														15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024

														
														Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024

														
														O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024

														
														Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 24-aprel kuni AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi del…
10:21 / 25.04.2024

Bu ham qiziq

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024
Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Nashrda kosmonavt o‘z izdoshlaridan videoda olingan joyni tanishlarini so‘ragan.
17:11 / 26.04.2024
Jahongir Otajonovning muxlislari chellenj boshladi

Jahongir Otajonovning muxlislari chellenj boshladi

Otajonov qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
15:27 / 26.04.2024
Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

2022-yil fevral oyida nafaqaxo‘r COVID-19’ning Omikron shtammini yuqtirib olgan.
15:41 / 26.04.2024
Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Bu haqda Reuters xabar berdi.
15:01 / 25.04.2024
Yaponiyalik bola parchalangan pulni yig‘ib, bankka topshirdi

Yaponiyalik bola parchalangan pulni yig‘ib, bankka topshirdi

U buning uchun 3 hafta vaqt sarflagan.
10:18 / 26.04.2024
Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024
O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024
Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

U sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan uchirilgan.
12:16 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!