35 yoshli reper Obri Dreyk Grem Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi eng mashhur xonanda deb tan olindi. Uning shaxsiy sahifasidagi kuzatuvchilari soni 100 million kishidan oshgan.
Reperning Instagramda bunchalar mashhur boʻlib ketganiga ikkita omil bevosita taʼsir koʻrsatgan. Bulardan birinchisi Dreykning xonanda Kane Uest bilan bilan yarashib olganidir. Reperlar oʻrtasidagi kelishmovchilik bir necha yillardan beri davom etib kelayotgan edi. Ijodkorlar yarashib olganlaridan keyin birgalikda shou dasturini ham taqdim etishgan, bu esa ularning muxlislari uchun kutilmagan sovgʻa boʻlgan.
Ikkinchi omil esa Dreykning “Gremmi” mukofotidan voz kechgani boʻldi. U mukofotga daʼvogarlik qilayotgan boʻlishiga qaramay, nomzodlar roʻyxatidan oʻz xohishiga koʻra chiqib ketgan. Xonandaning ushbu qarori internet foydalanuvchilarini hayron qoldirgan va reperni ijtimoiy tarmoqda yanada mashhur qilib yuborgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!