$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
20° Kechasi 14°

Jizzaxda erkak janjal sabab xotini pichoqladi

17:20 / 25.12.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida oilaviy janjallar va qotilliklar ko‘paymoqda” mavzusida xabar tarqaldi.

Qayd etilishicha, tumanning Fayziobod MFYda bir ayol eri tomonidan pichoqlab o‘ldirilganligi, qotillikka oilaviy janjal sabab bo‘lgani aytilgan.

Viloyat IIB ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 19-dekabr kuni taxminan soat 18:00 da 1972-yilda tug‘ilgan B.I. va turmush o‘rtog‘i N.I.lar o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida B.I. qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining o‘ng yelka qismiga urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda 1975-yilda tug‘ilgan N.I. og‘ir tan jarohati olib Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialida ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan. B.I. prosessual tartibda ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Qayd etilgan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3- qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan 2022-yilning 22-dekabr kuni Jizzax viloyati IIB, Sh.Rashidov tumani IIB hamda viloyat va tuman prokuraturasi, sektorlar, tuman hokimligi mas’ul rahbarlari tomonidan mahallada aholi ishtirokida jinoyat muhokamasini o‘tkazilgan.

“Ta’kidlash joiz, gumonlanuvchi B.I. shu vaqtga qadar spirtli ichimlik iste’mol qiluvchilar va oilaviy janjalkashlar sifatida IIOning profilaktik hisobida turmagan. Shuningdek ushbu oila mahallada ijobiy tavsiflanib, janjalkash oilalar ro‘yxatida turmagan”, – deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Dunyodagi birinchi robot styuardessa namoyish etiladi

Dunyodagi birinchi robot styuardessa namoyish etiladi

Robot styuardessa 6-9-may kunlari “Arabian Travel Market” ko‘rgazmasida namoyish etiladi.
12:26 / 04.05.2024
Toshkentda 1 yoshli bolaning ustiga daraxt quladi

Toshkentda 1 yoshli bolaning ustiga daraxt quladi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:27 / 03.05.2024
Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Endi buni oddiy inson telefonda ham amalga oshirishi mumkinligi aytilmoqda.
14:52 / 04.05.2024
Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Hindistonning Kerala shtatida 29-aprel kuni issiq urishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
15:36 / 03.05.2024
O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi.
15:28 / 03.05.2024
Prezident to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi

Prezident to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi

Aytilgan har bir loyiha bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish topshirildi.
14:56 / 03.05.2024
Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson 25 yil davomida 6,5 milliard dollar to‘lashni rejalashtirmoqda.
12:41 / 03.05.2024
Yevropada “shpion” asalarilar yaratildi

Yevropada “shpion” asalarilar yaratildi

Ularning vazni atigi 34 gramm.
12:09 / 04.05.2024
G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

Yaradorlar soni esa 77 ming 867 kishini tashkil etmoqda.
15:17 / 04.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!