Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi maktablardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 17-iyul soat 08:24 da Jizzax viloyati FVBga, G‘allaorol tumani, “Samarqand” MFYda joylashgan maktabning tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borib, yong‘inni qisqa vaqt ichida o‘chirishgan. Yong‘indan maktabning 450 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!