$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
39° Kechasi 23°

Kelajakda gumanitar sohani egallaydigan o‘quvchilarga fizika yoki kimyo fanlarini o‘qitish kerak emas, deyish mumkin emas - Maktabgacha va maktab ta’l

10:39 / 03.01.2023

“Maktablarda fizika va kimyo fanlari qisqartirilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan munozaralarga ta’lim sohasiga mas’ul rahbar sifatida fikr bildirib o‘tmoqchiman.

Barchamiz yaxshi bilamiz, maktab — har qanday soha va yo‘nalishda insonga bilim poydevori bo‘lib xizmat qiladigan maskan sanaladi. Muhandis-u shifokor, dunyoga mashhur olim-u sportchi yoki boshqa turli kasb egalari bo‘lsin, shu maktabdan yetishib chiqadi, hayotiy tushuncha va bilimlarni, avvalo maktabda oladi. Shunday ekan, maktab har bir o‘quvchi uchun bazaviy bilim poydevorini qo‘yishi lozim.

Kelajakda gumanitar sohani egallaydigan o‘quvchilarga fizika yoki kimyo fanlarini o‘qitish kerak emas, deyish mumkin emas. Sababi har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, mavjud ilmiy paradigma asosida dunyo qanday tuzilganini bilishi shart.

Fizika va kimyo kabi fundamental fanlarni o‘qitish asnosida insonning fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Bunday salohiyatga ega bo‘lgan shaxs esa hodisalarni tahlil qilish, tushunish va tushuntirishga qodir bo‘ladi. Shunday ekan, ta’lim sohasiga mas’ul rahbar sifatida ushbu fundamental fanlarni maktab o‘quvchilariga o‘qitilishini bekor qilinishi haqidagi fikrlar hech bir asosga ega emasligini va bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilaman.

Aksincha, endilikda biz maktablarda ushbu fanlarni o‘qitishni amaliyot bilan bog‘lash ustida bosh qotirishimiz va buning uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga bor e’tiborimizni qaratishimiz zarur.

2023-yil Davlatimiz rahbari tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi hamda bizning oldimizga maktablarda ta’lim sifatini ko‘tarish, bitiruvchi yoshlarning biror kasb sirlarini o‘rganib chiqishi vazifasi qo‘yildi. Mazkur vazifadan kelib chiqib aytishim mumkinki, yuqori sinf o‘quvchilarining olayotgan bilimlarini o‘z tanlagan kasbiga qarab yo‘naltirish va ularning hayotiy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratamiz.

Bu boradagi boshlangan ishlar mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yanada kuchaytiriladi va o‘ylaymanki, ushbu tashabbuslar oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish hamda farzandlarimizning kelajakda ma’lum bir kasbning haqiqiy egasi bo‘lib chiqishida katta xizmat qiladi”, - dedi Hilola Umarova.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

Markaziy o‘yin Jizzaxda kechadigan bo‘ldi
20:43 / 03.07.2025
Donald Tramp “katta ajoyib” qonun loyihasini imzoladi

Donald Tramp “katta ajoyib” qonun loyihasini imzoladi

Donald Tramp kecha, 4-iyul kuni kechqurun soliqlarni kamaytirish va AQSh davlat qarzining chegarasini 4 trillion dollardan o…
13:08 / 05.07.2025
Putin va Tramp yana telefonlashdi

Putin va Tramp yana telefonlashdi

Bu haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
09:48 / 04.07.2025
Nikol Pashinyan: ‘‘Mamlakatga yangi konstitutsiya kerak’’

Nikol Pashinyan: ‘‘Mamlakatga yangi konstitutsiya kerak’’

Armaniston bosh vaziri o'z nutqida bu haqda xalqqa murojaat etdi
20:23 / 05.07.2025
Buxoro viloyatining ilk hokimi vafot etdi

Buxoro viloyatining ilk hokimi vafot etdi

Damir Yadgarov mustaqillikning ilk yillarida viloyatga rahbarlik qilgandi
20:41 / 04.07.2025
Ertaga, 5-iyul kuni ba’zi joylarda chang-to‘zon hodisasi kuzatilishi kutilmoqda

Ertaga, 5-iyul kuni ba’zi joylarda chang-to‘zon hodisasi kuzatilishi kutilmoqda

4-5-iyulda respublika hududi bo‘yicha havo harorati 40-43 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 …
11:41 / 04.07.2025
“Samarqand qog‘ozi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

“Samarqand qog‘ozi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

1000 yillik tarixga ega Samarqand qog‘ozi Adliya vazirligi tomonidan rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi
18:43 / 05.07.2025
5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.
18:06 / 04.07.2025
Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

15 ming AQSH dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi
19:21 / 03.07.2025
Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Futbolchi Turkiya chempionatidagi grand klub safiga o'tadi
23:16 / 03.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!