$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Kelgusi 5 yilda umumiy quvvati 740 megavatt boʻlgan jami 21 ta gidroenergetika loyihalari amalga oshiriladi

21:49 / 30.11.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-noyabr kuni gidroenergetika sohasidagi loyihalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda energetika sohasi keng koʻlamda rivojlantirilmoqda. Neft, gaz kabi uglevodorodlar bilan cheklanib qolmasdan, quyosh, shamol va suvdan elektr energiyasi olish inshootlari barpo etilmoqda.

Xususan, 2017-yilda Prezident farmoni bilan “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan edi. Oʻtgan davrda 11 ta yangi gidro elektr stansiyasi qurilib, 8 tasi modernizatsiya qilindi. Natijada 244 megavattlik qoʻshimcha quvvat yaratilgan.

Lekin, yurtimizning gidroenergetika salohiyati 50 foiz ishga solingan, xolos. Shu bois jami 740 megavatt quvvatli 21 ta yirik loyiha ishlab chiqilgan. Xususan, kelgusi yilda 170 megavattli 7 ta, 2023-2024-yillarda 150 megavattli 12 ta hamda 2025-2026-yillarda 420 megavattli 2 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Keltirilishicha, taqdimotda ushbu inshootlarni sifatli qurish va barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari toʻgʻon talab etmaydigan kichik gidrostansiyalar qurish masalasiga alohida eʼtibor qaratib, bunga xususiy sektorni jalb qilish kerakligini taʼkidladi.

Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda 22 ta shunday istiqbolli maydon roʻyxati shakllantirilgan. Ularda quvvati 5 megavattgacha boʻlgan mini gidro elektr stansiyalar qurish boʻyicha tender eʼlon qilinishi belgilangan.

Shuningdek, Norin, Soʻx, Tanxoz, Oq buloq, Ugam kabi daryolar va kanallarda 500 kilovattgacha quvvatga ega ixcham gidrostansiyalar oʻrnatish imkoniyati bor. Tadbirda qayd etilishicha, bunday joylar roʻyxati aholi va tadbirkorlarga eʼlon qilinadi. Bunda quyosh, shamol elektr stansiyalari oʻrnatgani uchun aholi va tadbirkorlarga qanday imtiyozlar berilgan boʻlsa, kichik gidrostansiyalar uchun ham shunday imtiyoz va subsidiyalar qoʻllanilishi belgilandi.

Oʻz navbatida, gidroinshootlarni ishlatish uchun malakali mutaxassislar tayyorlash masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi. Texnika, irrigatsiya va arxitektura yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlarida bunga alohida ahamiyat qaratish, ularda qurilish hamda gidravlik laboratoriyalar tashkil etish zarurligi qayd etildi.


Bu ham qiziq

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!