$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Kerak bo‘lsa oyoq-qo‘limni bog‘lab, milliy xavfsizlikka oborib tiqib qo‘yadi...” – Navoiy “pedinstitut”i prorektoriga tegishli audio tarqaldi

15:19 / 20.12.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy davlat pedagogika instituti prorektori ekanligi aytilayotgan erkakning talabalar bilan hijob va soqol mavzusida suhbat olib borgani yozilgan audio tarqalmoqda.

Lavozimi ma’lum qilinmagan shaxs baland va tahdidli ohangida hijob o‘ragan hamda soqol qo‘ygan talabalarni bu ishni to‘xtatishga chaqirgan.

U suhbatda talaba qizlarning biriga uydagilarga to‘g‘ri tushuntirishi kerakligini, chunki bu masalada o‘ziga ham bosimlar bo‘layotganini aytadi.

“Meni ham qo‘ymaydi. Kerak bo‘lsa, oyoq-qo‘limni bog‘lab milliy xavfsizlikka (MXX, -tahr.) olib borib tiqadi. Hali senga vaqt bor. Sen ham kattaonangday bo‘lganingda ulgurasan”, – deydi OTM mas’uli.

Shuningdek, u viloyatda ro‘mol o‘ragan 10ta qiz Suriyaga o‘tib ketganini, bu uchun hozirda dekan va dekan o‘rinbosari prokuraturada tergov berib yurganini, hatto, ularni chetga chiqib ketganini ota-onasi ham bilmaganini aytadi.

Talaba qizning bu masalada o‘zida tushuncha borligi, ongida bu kabi g‘oyaviy bo‘shliqlar bo‘lmagani haqidagi e’tiroziga “pedinstitut” mas’uli alohida xonada unga bu borada tushuntirishlar berishini ta’kidlaydi.

U, shuningdek, talabalarga shanba kunidan boshlab to‘liq formada kelishi kerakligini uqtirib, ikkita fakultetda olib borilgan o‘rganishlar ortidan hokim rektorga (ayni paytdagi rektor Bahodir Sobirov, -tahr.) “xayfsan” berganini, bu yig‘ilishda Quranbayev (Qahramon Quranboyev Prezidentning yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi, -tahr.) qatnashganini, unda Institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Qurbonov (Qurbonov Xurshid, -tahr.) qatori boshqa prorektorlar ham Tushuntirish xati yozganini aytadi. Bundan tashqari, uning aytishicha, 11ta “zamdekan” Tushuntirish xati yozgan.

“Ertadan formasiz keladigan bo‘lsang, darsda o‘tirmaysan”, – deydi prorektor.

 


Bu ham qiziq

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!