$
12739.95 UZS
7.39
139.14 UZS
-0.23
14191.03 UZS
9.5
28° Kechasi 16°

Komil Allamjonov: “Yurtimizda muammo koʻp, uning yechimi uchun imkoniyat kam”

16:07 / 01.09.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida 2026-yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5 ta asosiy vazifani belgilab berdi. Prezident Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Komil Allamjonov mazkur maʼruzaga sharh berdi.

“Kechagi Prezident maʼruzasi nimasi bilan farq qiladi? Undagi masalalar doim aytib kelinardiku.

Gap shundaki yurtimizda muammo koʻp, uning yechimi uchun imkoniyat kam. Oʻzimizni qancha oʻqqa-choʻqqa urmaylik, chegaralangan imkoniyat bilan masalani oxiriga yetkaza olmaymiz. Ishlarimiz natijasi chala-chulpadek boʻlib qolaveradi.

Buning yechim qanday degan savolga kecha Prezident javob berdi.

U 5 ta sohani ustuvor qilib ajratib, hozirgi bor imkoniyat bilan, shu 5 ta sohani 5 ga bajaramiz, uni ustiga oʻtirib olib, yoyilib ketmasdan ishlaymiz demoqchi boʻlyapti.

Nega aynan shu 5 ta soha?

Biznes ortidan odamlar, jamiyat boy boʻladi. Kambagʻallik qisqaradi. Boylari koʻp yurtda turli sohalar, servis xizmatlar, umuman yaxshi hayotga intilish kuchayadi va barpo boʻladi.

Biznesmenlar huquqlarini shaxslar emas qonun, odil sud himoya qila olsa, ular pulini chetga olib chiqib ketmaydi, chetdan kiradigan investorlar soni ham shunga qarab koʻpayadi, chunki ularda ham ishonch boʻladi.

Aslida hamma muammoning yechimi bu odil sud. Sud kuchli boʻlsa oddiy aytganda taʼlimda ham, biznesda ham, meditsinada ham, suvda ham umuman hamma sohada “bespredel” kam boʻladi. Hamma oʻzini oʻrnini bilib yuradi.

Ertaga suv qurib qolsa islohotlar ham koʻngilga sigʻmaydi. Hozir suv kamayishi tezlashgan. Yaqin yillarda ayrim hududlar choʻlga aylanib, qurgʻoqchilik kuchayib ketishi xavfi ortib boryapti. Meditsina muhimliginiku gapirmasa ham boʻladi. U yerdagi korrupsiya va sifatsiz xizmatga har birimiz doim toʻqnash kelamiz.

Bir soʻz bilan aytganda, aynan shu 5 ta sohani 5 ga bajara olishimiz shart”, – deb yozgan Allamjonov.


Bu ham qiziq

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari qurbonlari soni 41 252 kishiga yetdi

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari qurbonlari soni 41 252 kishiga yetdi

2023-yil 7-oktyabrdan beri Isroil hujumlarida yaralangan falastinliklar soni 95 497 nafarga yetgan.
16:49 / 17.09.2024
Xitoy shirkati Olimpiya shaharchasini ko‘ngilochar maskanga aylantirishni taklif qildi

Xitoy shirkati Olimpiya shaharchasini ko‘ngilochar maskanga aylantirishni taklif qildi

Mazkur uchrashuvda Vazir Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, shirkat bosh direktori Sun Bodong ishtirok etgan.
17:33 / 18.09.2024
Uyqu sifatini yaxshilashning 10 usuli

Uyqu sifatini yaxshilashning 10 usuli

1. Har doim bir vaqtda uxlash va uyg‘onishni odat qiling;
15:21 / 17.09.2024
Urganch davlat universitetiga nisbatan chora ko‘rildi

Urganch davlat universitetiga nisbatan chora ko‘rildi

Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
12:08 / 18.09.2024
Navoiyda ona o‘z chaqalog‘ini pullamoqchi bo‘ldi

Navoiyda ona o‘z chaqalog‘ini pullamoqchi bo‘ldi

Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
16:32 / 18.09.2024
Boysundagi kondan yana zaharli gaz sizib chiqishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Boysundagi kondan yana zaharli gaz sizib chiqishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

“Mustaqillikning 25-yilligi” (M-25) gaz konida 17-sentyabr kuni tushdan keyin yana vodorod sulfidi gazi sizib chiqishi holat…
14:12 / 18.09.2024
Surxondaryoda avtohalokat oqibatida 19 yoshli uch sinfdosh vafot etdi

Surxondaryoda avtohalokat oqibatida 19 yoshli uch sinfdosh vafot etdi

Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bergan.
13:16 / 18.09.2024
Yo‘taldan qutila olmayapsizmi? Unda bu usulni qo‘llab ko‘ring!

Yo‘taldan qutila olmayapsizmi? Unda bu usulni qo‘llab ko‘ring!

Yo‘tal — organizmning o‘ziga xos bo‘lmagan himoya reaksiyasi.
11:20 / 18.09.2024
Qoraqalpog‘istonda “Adliya sayli” bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘istonda “Adliya sayli” bo‘lib o‘tdi

“Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida yoshlar o‘rtasida huquqbuza…
20:24 / 18.09.2024
18-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berdi.
14:07 / 17.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!