Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘xtatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Koreyada E-9 vizasi asosida ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlash maqsadida yo‘nalishlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar soni belgilangan chegaraga yetgani sababli ro‘yxatdan o‘tish jarayoni to‘xtatildi.
Ro‘yxatdan o‘tish maqsadida “Milliy bank”ning mobil ilovasi orqali to‘lovni bir martadan ortiq amalga oshirgan va ro‘yxatdan o‘ta olmagan fuqarolarning pul mablag‘lari “Milliy bank” tomonidan 3 ish kuni davomida to‘lov amalga oshirilgan plastik kartaga avtomatik ravishda qaytarib beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!