“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukakuning agenti Federiko Pastorello mijozining A Seriyaga qaytishini istisno qilmadi.
“Bir kun kelib biz Romeluni yana Italiyada koʻrarmiz, chunki unga bu mamlakat yoqadi. Ammo hozir Lukaku “Chelsi”dagi vaqtini maroqli oʻtkazmoqda”, — Pastorelloning soʻzlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Qayd etish mumkin, ushbu mavsumda 28 yoshli belgiyalik futbolchi “Chelsi” safida 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!