$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Madaniy meros obyektlariga jami 570 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazgan shaxslar javobgarlikka tortildi

12:13 / 25.02.2023

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida madaniy meros obyektlaridagi bir nechta qonunbuzilish holatlariga chek qoʻyildi.

Xususan, shlakoblok ishlab chiqaruvchi MChJ rahbari A.U. 2019-yilda hokimiyat tizimidagi mansabdor shaxslar bilan kelishgan holda qalbaki hujjatlar asosida, Nurafshon shahridagi “Ulkan Toʻytepa” arxeologiya yodgorligi hududining 30 sotix yer maydonini oʻz nomiga rasmiylashtirib olgan.

2020–2021-yillar davomida u mazkur yer maydonida shlakoblok ishlab chiqarishi va bu uchun kerak boʻladigan inshootlarni qurishi oqibatida madaniy meros obyektiga 306 mln. 720 ming soʻm miqdorida zarar yetkazgan.

Keltirilishicha, jinoyat ishlari boʻyicha Nurafshon shahar sudining hukmiga asosan A.U. Jinoyat Kodeksining 132 va 228-moddalari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 1 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, 2018-yilda Qibray tumanidagi “Qilichli ota” ziyoratgohida qayta taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish uchun qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MChJga 355 mln. 473 ming soʻm miqdorida budjet mablagʻi ajratilgan.

Biroq MChJ rahbari N.H. bajarilgan ishlar boʻyicha tuzilgan hisob-fakturalarga soxta maʼlumotlar kiritib, amalda bajarilmagan ish hajmini qoʻshib yozish orqali 263 mln. 286 ming soʻm miqdoridagi mablagʻni talon-taroj qilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Qibray tuman sudining hukmiga asosan N.H. Jinoyat Kodeksining 167 va 228-moddalari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Bu ham qiziq

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!