$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
30° Kechasi 17°

Madaniyat vaziri san'atkorlar haqida ma'lumot beruvchi portal yaratish uchun yarim milliard so'm sarflamoqda

12:18 / 06.10.2023

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 10 nafar san’atkor haqida ma’lumot beruvchi portalni yaratish va amaliyotga tatbiq etish uchun salkam yarim milliard so‘m mablag‘ sarflamoqda. Bu haqda vazir 2023-yilning 15-sentyabr kuni buyruq chiqargan.

Ta’kidlanishicha, mazkur portalda davlat mukofotlari bilan taqdirlangan madaniyat va san’at sohasi vakillari haqida ma’lumotlar jamlanadi.

Vazir buyrug‘iga ko‘ra, loyiha pasporti va konsepsiyasini ishlab chiqishga 30 million so‘m sarflansa, loyiha texnik topshirig‘ini ishlab chiqish uchun 40 million so‘m ajratilgan. Vazirlik portalning axborot tizimi dasturiy qismini ishlab chiqish uchun 30 kun vaqt berib, bu mehnat uchun 165 million so‘m mablag‘ atagan.

Shuningdek, yana bir katta xarajatlardan biri 85 million so‘m bo‘lib, evaziga axborot tizimi arxitekturasini ishlab chiqish mas’uliyati yuklatiladi. Axborot tizimini boshqa tizimlar bilan integratsiya qilishga 60 million so‘m beriladi.

Vazirlikning uzil-kesil tan olishicha, xizmat ko‘rsatishning umumiy qiymati QQSni hisobga olmaganda 488 million so‘mni tashkil qilmoqda.


Bu ham qiziq

Markaziy bank soxta ma’lumot tarqatuvchilardan ogohlantirdi

Markaziy bank soxta ma’lumot tarqatuvchilardan ogohlantirdi

Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmaydi hamda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaydi.
12:19 / 08.05.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

8-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani: “Amir Temur”, “Temuriylar” hamda “Alisherobod” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 da…
14:15 / 08.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu sana munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, xotira marosimida ishtirok etdi. B…
14:54 / 08.05.2025
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga t…
09:51 / 10.05.2025
Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Tarkibda Olimpiada va jahon chempioni ham bor.
12:29 / 10.05.2025
Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

2025-yil 7-may kuni soat taxminan 15:06 larda Kattaqo‘rg‘on tumani, “Qushtepa” MFYda joylashgan AYOQShda portlash yuz berdi.…
18:25 / 08.05.2025
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalligiga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda JSSTning O‘zbekistondagi matbuot …
21:02 / 09.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonda 2025-yil aprel oyida sayyohlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi. Bir oy ichida bir milliondan ortiq chet ellik…
09:06 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!