Yangi 2022/2023-o‘quv yili respublikadagi 10 130 ta maktablarda “Bilimlar kuni” Mustaqillik darslari bilan boshlanadi.
Qayd etilishicha, “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkaziladigan Mustaqillik darslari maktab direktori, direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tarix, ona tili va adabiyoti fanlari o‘qituvchilari hamda sinf rahbarlari tomonidan olib boriladi.
“Mustaqillik darslarida o‘quvchilarga xalqimizning 31 yil davomida erishgan yutuqlari, Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati borasida keng ma’lumotlar beriladi”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, umumta’lim maktablariga tashrif buyurgan sektor rahbarlari ham Mustaqillik darslarida ishtirok etib, o‘quvchilarga mamlakatimizda mustaqillik yillarida xususan so‘nggi yillarda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar mazmun-mohiyati, ta’limdagi islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va boshqa bir qator ko‘rsatkichlar va erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tadi.
Mazkur darslarni o‘qitish uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan namunaviy ssenariy va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!