$
11994.10 UZS
6.94
₽
145.79 UZS
-0.5
€
13420.20 UZS
26.95
31° Kechasi 18°

Fayzulla Xoʻjayevdan, Mirziyoyevgacha...

18:13 / 20.01.2025

O‘zbekiston tarixidagi prezidentlar haqida ma’lumotlar jamlanmasi.

O‘zbekiston tarixi davomida turli siyosiy rahbarlar mamlakatni boshqarib, o‘z davrlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shishgan. Har bir rahbar o‘zining siyosiy qarorlari, islohotlari va xalqaro aloqalari orqali o‘zbek xalqining turmush tarzini, madaniyatini va iqtisodiyotini shakllantirgan. Ushbu maqolada O‘zbekiston SSR davridan boshlab, mustaqillik yillarigacha bo‘lgan davrda mamlakatni boshqargan rahbarlarning siyosiy faoliyatlari, amalga oshirgan islohotlari, yurtni rivojlantirishdagi roli tahlil etiladi. Fayzulla Xoʻjayevdan Shavkat Mirziyoyevgacha bo‘lgan davr, O‘zbekistonning murakkab va muhim tarixiy bosqichlarini o‘zida aks ettiradi.

Fayzulla Ubaydullayevich Xoʻjayev – Oʻzbekiston SSRning rahbarlaridan biri boʻlgan. Xoʻjayev oʻz faoliyati davomida oʻzbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qilgan. U talabalarni xorijga joʻnatib oʻqitishning tashabbuskorlaridan biri edi. Shuningdek, Oʻzbekistonda yoppasiga chigit ekilishi paxta yakkahokimligiga olib keladi, deb hisoblagan. Bundan tashqari, Xoʻjayev Oʻzbekistonda zamonaviy sanoat inshootlari qurilishi tashabbuskori ham bo‘lgan.


Chex adibi Egon Ervin Kish Fayzulla Xoʻjayev haqida “Buxoroga kelganimdan keyin meni Fayzulla Xo‘jayev qiziqtirdi. Xo‘jayevning boshiga shunchalik ko‘p oltin va’da qilingan ediki, dunyodagi biror bir bosh shunсhalik yuqori narxlanmagan edi”, – deya yozgan.

Xoʻjayev 1937-yil 9-iyulda Moskvada qamoqqa olingan. Unga Sovetlarga qarshi “Oʻng trotskiychi blok” faoliyatiga qoʻshilganligi hamda “bosmachilik” harakatini qoʻllab-quvvatlaganligi, Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻzbek ziyolilariga gʻamxoʻrlik koʻrsatganligi kabi ayblar qoʻyilib, otishga hukm qilingan.

Akmal Ikromovich Ikromov – uning rahbarlik faoliyati 7,5 yil davom etgan. Bu davrda yer-suv islohoti o‘tkazilgan, kolxozlar tashkil etilgan. 1937-yil avgustda, Stalinning “katta terrori” boshlangan vaqtda Akmal Ikromov lavozimi taqozosi bilan troyka tarkibiga kiritilgan. Qisqa vaqt ichida bir nechta otuv va qamoq hukmlarini chiqarishda ishtirok etgan. Bu hukmlarda, jumladan, yuzdan ortiq o‘zbekistonlik o‘limga mahkum qilingan. Ko‘p o‘tmay, sentyabr oyida o‘zi ham qamoqqa olingan. Shundan so‘ng, 1938-yilda 39 yoshida otib tashlangan.


Yo‘ldosh Oxunboboyev Oxunboboyevich – Yoʻldosh Oxunboboyev Sovet Ittifoqidagi Milliy delimitatsiyada qatnashib, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining asoschilaridan biriga aylangan. 1938-yil 21-iyulda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining birinchi raisi boʻlib Oʻzbekiston SSR rahbari lavozimini egallagan. Oxunboboyev 1943-yil vafotigacha O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisi lavozimida ishlagan. U Ikkinchi jahon urushida bevosita qatnashmagan boʻlsa-da, Oʻzbekiston SSRning butun mehnat kuchlarini urushda front ortidan qoʻllab-quvvatlashga safarbar etgan edi.

Picture background
Yoʻldosh Oxunboboyev 57 yoshida Toshkentda kutilmaganda olamdan oʻtgan. O‘limining sabablari haqida esa ishonchli manbalar yo‘q.

Usmon Yusupovich Yusupov – Usmon Yusupov respublikaga rahbar boʻlgan yillarda Oʻzbekistonda xalq hashari yoʻli bilan yirik suv inshootlari – Katta Fargʻona kanali, Kattaqoʻrgʻon suv ombori va boshqalar qurilgan. 2-jahon urushi davrida mamlakat gʻarbidan koʻchirib keltirilgan korxonalarni ishga tushirish, yangilarini qurish, frontni oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan muntazam taʼminlash, oʻzbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qilish, urush tufayli uy-joy va boshpanasiz qolgan aholi hamda yetim qolgan bolalarga mehribonlik va insonparvarlik qilishda Usmon Yusupov bosh-qosh boʻlgan. U oʻz siyosiy faoliyati davrida Oʻzbekiston xalqi manfaatlarini himoya qilishga intilgan boʻlishiga qaramay ommaviy qatagʻon siyosatida Markaz farmoyishlarini bajarishga ham majbur boʻlgan.

Picture background
Amin Niyozov Ermatovich – 1950-yilning aprel oyida respublikaning 13 yillik rahbari Usmon Yusupov SSSR Paxtachilik vaziri etib tayinlangani munosabati bilan lavozimidan ozod etiladi va uning oʻrniga OʻzSSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi birinchi kotibi etib Amin Ermatovich Niyozov tayinlanadi. Shu tariqa OʻzSSR boshqaruv tarixida yangi davr boshlanadi.

1930-yilga qadar sovet davlatining eng shafqatsiz jazolovchi organida ishlagan Niyozov respublikada oʻtkazilgan “gʻalla operatsiyasi”, “quloqlashtirish” va “yer islohoti”da faol ishtirok etgan.

Ta’kidlash joizki, Niyozov Kattaqoʻrgʻon va Chimqoʻrgʻon suv omborlari kabi yirik irrigatsiya inshootlarini qurish, Markaziy Fargʻona va Mirzachoʻl yerlarini oʻzlashtirish, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlari yerlarining meliorativ holatini yaxshilashda katta ishlarni amalga oshirgan. Ushbu xizmatlari uchun esa “Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan quruvchi” medaliga sazovor boʻlgan.

Niyozov 1973-yil 26-dekabrda Toshkent shahrida vafot etgan.

Nuriddin Muhitdinov Akromovich – Davlat va siyosat arbobi, diplomat. Moskvadagi savdo-kooperativ institutini tugatgan. 1946-yildan uning siyosiy faoliyati boshlangan. Namangan viloyat partiya qo‘mitasi kotibi va 1-kotibi, O‘zbekiston Kompartiyasi MK kotibi, O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri, O‘zbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi, SSSRning Suriyadagi elchisi, O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining maslahatchisi bundan tashqari ham juda ko‘p lavozimlarda ishlagan.

Picture background
Sobir Kamolov – 1957-yil 28-dekabrda boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari VI plenumda Nuriddin Muhiddinov oʻrniga Oʻzbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi etib saylangan.

Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, Sobir Kamolov respublikada kadrlarni keng miqyosda mahalliylashtirishni boshlagan. Uning oʻziga xos belgisi musulmon marosimlarini (sunnat qilish, nikoh va ota-bobolarining urf-odatlari boʻyicha oʻliklarni dafn etish) bajarishga urinishlar edi. Uning davrida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti madaniyat bo‘limi mudiri o‘zbek yozuvining kirill negizini arab alifbosiga almashtirish masalasini yuqori partiya instansiyalariga kiritgan.


1959-yil 15-mart kuni Sobir Kamolov “siyosiy jihatdan ishonchsiz unsurlar sababli xodimlarni toʻsib qoʻygani” va “millatchilik koʻrinishlariga murosa va homiylik koʻrsatgani munosabati” bilan egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan.

Sharof Rashidov – sovet partiya va davlat arbobi, oʻzbek yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari hisoblanadi.

Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz bergan. Rashidov vafotidan soʻng Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar qatagʻonida nohaq qoralangan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach esa Rashidovning nomi oqlangan.

Picture background
Uning davrida 1966-yildan boshlab O‘zbekiston poytaxti Toshkent qayta qurilgan. Yangi muzeylar, bog‘lar, teatrlar, yodgorliklar barpo etilgan. Bundan tashqari, 1977-yilda Oʻrta Osiyoda birinchi marta Toshkentda metro ochilgan edi. Oʻrta Osiyodagi Arxeologiya instituti ham birinchi bo‘lib Rashidov davrida tashkil etilgan.

Inomjon Usmonxo‘jayev – Inomjon Usmonxo‘jayev Sharof Rashidovdan keyin 1983-1988 yillarda Respublikaga rahbarlik qilgan. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidium Raisi, shu bilan bir vaqtda – 1979 yilning 18-aprelidan 1983-yilning 28-dekabriga qadar – Sobiq Ittifoq Oliy Kengashi Prezidiumi Raisi o‘rinbosari bo‘lgan. U juda ko‘p siyosiy lavozimlarda faoiliyat olib borgan. Keyinchalik “qayta qurish” davrida korrupsiyada ayblanib, O‘zbekiston KP MQ birinchi kotibi lavozimidan ozod etilgan, Sobiq Ittifoq Oliy Kengashi Prezidiumi a’zoligidan chetlashtirilgan. 1988-yilning 28-noyabrida esa Sobiq Ittifoq Kommunistik Partiyasi MQdan ham chiqarilgan.

Picture background
Usmonxo‘jayev 1989-yilning 27-dekabr kuni “Paxta ishi” bo‘yicha 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 1990-yilda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan ozodlikka chiqqan.

Rafiq Nishonov – 1985-yilda O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan. 1988-yil 12- yanvardan 1989-yil 23-iyungacha – O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lib faoliyat yuritgan. Shundan so‘ng, u Moskvaga ketgan va u yerda yashagan. 1991-yil sentyabrda SSSR Prezidenti Mixail Gorbachyovga maslahatchi bo‘lgan.

Picture background
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan “Aleksandr Nevskiy” ordeni bilan taqdirlangan Nishonov 97 yoshga kirishiga atigi 4 kun qolganida vafot etgan.

Islom Abdugʻaniyevich Karimov – O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti bo‘lib, 1991-yildan 2016-yilgacha mamlakatni boshqargan. U O‘zbekistonning mustaqillikka erishishida muhim rol o‘ynagan. Shuningdek, davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tizimlarini shakllantirishga katta hissa qo‘shgan siyosatchi va davlat arbobi edi.
Karimovning siyosati ko‘plab islohotlarni o‘z ichiga olsa-da, uning rahbarligi ostida siyosiy erkinliklar biroz cheklangan edi.

Picture background
Karimovning tashqi siyosati muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u Rossiya va Xitoy bilan mustahkam aloqalar o‘rnatishga harakat qilgan edi.
Islom Karimov 2016-yilda vafot etdi, uning nomi O‘zbekiston tarixida muhim siyosiy shaxs sifatida qoldi, ammo siyosiy merosi va islohotlari aholi orasida hali ham keng muhokama qilinmoqda.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev — Islom Karimov vafotidan so‘ng 2016-yildan buyon mamlakat rahbari sifatida ishlay boshlagan. Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining yetakchi siyosatchilaridan biri bo‘lib, uning prezidentlik davri mamlakatda keng ko‘lamli ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy islohotlar bilan ajralib turadi. O‘zining rahbarlik faoliyatida davlatning modernizatsiyasi, iqtisodiyotning liberallashtirilishi, xalqaro aloqalarning rivojlanishi va siyosiy erkinliklarning kengaytirilishiga katta e’tibor qaratgan. Mirziyoyevning siyosatidagi eng muhim jihatlardan biri — O‘zbekistonning xalqaro maydonda yanada faol va o‘zaro hamkorlikka yo‘naltirilgan siyosati, shuningdek, mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilganidir. Prezident sifatida Shavkat Mirziyoyev mamlakatni yanada rivojlantirish va xalqaro maydonda yuqori darajada tanitishga qaratilgan islohotlarni davom ettirmoqda.

Picture background
Maqolamiz orqali sizlarga Fayzulla Ubaydullayevich Xoʻjayev davridan to hozirgi vaqtgacha bo‘lgan prezidentlar haqida ma’lumotlar berishga harakat qildik. Siz uchun foydali bo‘lgan bo‘lsa xursandmiz. Maqolada internet manbalaridan foydalanildi.

                                                                                                                    Tayyorladi: Olimjanova Gulzoda


O‘zbekiston


														
														“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026

														
														11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:21 / 10.11.2026

														
														Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026

														
														Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026

														
														Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026

														
														Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026

														
														Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026

														
														Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026

														
														Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026

														
														Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

10-noyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda va…
09:48 / 10.11.2026

Bu ham qiziq

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026
Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekistonning beşta elektrotexnika korxonasi öz investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyo…
13:38 / 09.11.2026
Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy işlab çiqarilgan maişiy texnikalarni xarid qiliş uçun yangi iste’mol kreditlari mexanizmi yölga qöyili…
13:45 / 09.11.2026
Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Ayni paytda Toşkent şahridagi “Hilton” mehmonxonasida III Özbekiston – Rossiya media forumi öz işini boşladi. Özbekiston va …
10:50 / 09.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Özbekistonda elektrotexnika sohasida 11,6 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi

Özbekistonda elektrotexnika sohasida 11,6 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi

Keyingi uç yil davomida Özbekistonda elektrotexnika va unga boğliq yangi sanoat yönalişlarida umumiy qiymati 11,6 milliard d…
13:26 / 09.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida muhandislik işlanmalari va dual ta’lim tizimini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko…
13:31 / 09.11.2026
Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

7-noyabr kuni Toşkent şahrida 500 kV kuçlanişli yangi «Halqa» podstansiyasiga kuçlaniş berildi. Bu haqda energetika sohasiga…
14:06 / 08.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!