$
12695.00 UZS
11.01
138.12 UZS
-1.12
13648.39 UZS
0.42
21° Kechasi 13°

Mamlakatimizning eng katta boyligi – yoshlar – Shavkat Mirziyoyev

18:20 / 01.02.2023

Davlat rahbari xalqqa Murojaatnomasida maktab o‘quvchilarini xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘rgatish zaruratini aytgan edi. 20-yanvar kuni bu boradagi vazifalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblarga o‘rgatilishi rejalashtirildi.

Bu maqsad joylarda hayotga ko‘cha boshladi. Xususan, Andijon tumanidagi 55-umumta’lim maktabi ta’mirlanib, qo‘shimcha sharoitlar yaratildi. Maktabning bo‘sh turgan yerto‘lasi tadbirkorlarga ajratib berilib, yoshlarni kasbga yo‘naltirish yo‘lga qo‘yildi.

Prezident ushbu xonalarni kirib ko‘rdi.

Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bu yerda tikuvchilik, mebelchilik, qandolatchilik, kosibchilik, savat to‘qish, ko‘rpa-to‘shak tikish kabi yo‘nalishlarni o‘rganmoqda. Shuningdek, maktab hududida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash, tipografiya, kompyuter xizmati va salonlar tashkil etilgan.

Davlat rahbari kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.

- E’tibor bersangiz, kasb egallamay o‘qishni bitirganlar hayotda qiynaladi, ish topolmaydi. Kimning qo‘lida hunari bo‘lib, chet tilini bilsa, yo‘li ochiq. Sizlarda shunday imkoniyat bor. O‘zingizni qiynab, qunt bilan bilim oling, hunar o‘rganing. Qarorlar, sa’y-harakatlar qachon natija beradi? Mutaxassis zo‘r bo‘lsa. Investorlar ham kadrlarning bilim va malakasiga ishonib keladi. Mamlakatimizning eng katta boyligi - yoshlar, - dedi Shavkat Mirziyoyev.


Bu ham qiziq

Qashqadaryoda 441 millionlik avtoraqam sotildi

Qashqadaryoda 441 millionlik avtoraqam sotildi

Bu haqida Nasafnews.uz’ga tayanib Aniq.uz xabar bermoqda.
19:43 / 10.05.2024
O‘zbekistonda pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi

O‘zbekistonda pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi

Tutzorlar uchun yer solig‘ining 10 foizi to‘lanadi.
14:30 / 10.05.2024
Podpolkovnik Ikromjon Tursunov Buxoro viloyati IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi

Podpolkovnik Ikromjon Tursunov Buxoro viloyati IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi

Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov ishtirokida Buxoro viloyatida jamoat xavfsizligini hamda kriminogen v…
10:39 / 10.05.2024
Bugun, 10-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 10-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 10 may kuni Toshkentda havo biroz bulutl…
07:16 / 10.05.2024
BMT: Isroil hujumlarining kuchayishi tufayli 110 mingga yaqin falastinlik Rafahni tark etdi

BMT: Isroil hujumlarining kuchayishi tufayli 110 mingga yaqin falastinlik Rafahni tark etdi

Yagona umid - zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish – UNRWA.
16:07 / 10.05.2024
Rossiya bosh vazirligiga Putin o‘z taklifini berdi

Rossiya bosh vazirligiga Putin o‘z taklifini berdi

Vladimir Putin bosh vazir lavozimiga Mixail Mishustin nomzodini ilgari surganini ma’lum qildi.
16:59 / 10.05.2024
Ko‘z kasalligi hisoblangan miopiya nima?

Ko‘z kasalligi hisoblangan miopiya nima?

Ushbu shakl refraksion miopiya deb ataladi.
16:31 / 10.05.2024
O‘zbekistonda qaysi sohada MChJ ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

O‘zbekistonda qaysi sohada MChJ ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

2024-yilning 1-aprel holatiga jami 298 338 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.
14:12 / 10.05.2024
Zaharsiz qo‘ziqorinlarni qanday aniqlash mumkin?

Zaharsiz qo‘ziqorinlarni qanday aniqlash mumkin?

Tuzlangan yoki marinadlangan qo‘ziqorinlarni ruxlangan idishlarda saqlaganda ham zaharlanish ro‘y berishi ehtimoli yuqori.
10:24 / 10.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!