Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov ishtirokida Buxoro viloyatida jamoat xavfsizligini hamda kriminogen vaziyatni barqarorligini taʼminlash masalalariga oid tezkor yigʻilish oʻtkazildi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmat rahbarlari, viloyat sektor mutasaddilari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda, Davlatimiz rahbarining mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, hududlarda jamoat xavfsizligi va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olishda “mahallabay” va “fuqarobay” ish tashkil etish borasidagi topshiriqlari, ichki ishlar organlari faoliyatining hisobot davridagi koʻrsatgichi hamda kelgusida tizim faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir jarayonida Buxoro viloyatida oila-turmush munosabatlari doirasida, shuningdek, yoshlar, ayollar tomonidan hamda ishsizlik oqibatida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarning oldini olish hamda bu borada mahallalarda shakllantirilgan yettilikning hamkorlik masalalari tanqid qilindi, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ogʻir mahallalarda sektor rahbarlari, mahalla raislari, mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari tomonidan fuqarolarni qabul qilish va ularning muammolarini hal etish vazifalarga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligi tushuntirildi.
Shuningdek, yigʻilishda Buxoro viloyatida joriy yilning hisobot davrida jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari, jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalarning ijrosi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda boshqa yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy koʻrib chiqilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga podpolkovnik Tursunov Ikromjon Normurodovich tayinlandi.
Tadbirda koʻtarilgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar boʻyicha soha mutasaddilarining taklif va mulohazalari tinglanib, yangi tayinlangan viloyat IIB rahbariga tegishli topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!