$
11971.64 UZS
-8.72
₽
146.33 UZS
0.71
€
13160.42 UZS
26.35
31° Kechasi 18°

Jalb qilingan tashqi investitsiyalar sarhisob qilindi va tegishli sharoitlar yaratish nazoratga olindi

06:53 / 11.05.2024

Joriy yil 11-may kuni Shavkat Mirziyoyevga xorijiy sheriklar bilan investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi va kelgusi rejalar yuzasidan hisobot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya, Xitoy, Qatar, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan kooperatsiya loyihalari va investitsiya dasturlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Maʼlumki, 22-24-aprel kunlari Toshkent shahrida “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Rossiya Federatsiyasi bilan muvaffaqiyatli savdo-iqtisodiy hamkorlikka yorqin misoldir.
2023-yil yakunida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash qariyb 10 milliard dollarga yetdi.
Ushbu ko‘rsatkichni 2030-yilga qadar ikki barobarga ko‘paytirish maqsad qilingan. O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. 2023-yilda 700 dan ziyod yangi korxona tashkil etildi. O‘tgan yili Rossiyaning 3 milliard dollarga yaqin investitsiyalari o‘zlashtirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 5 milliard dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Umuman, “Innoprom” doirasida 4 milliard dollarlik bitimlar to‘plami imzolandi.

2-3-may kuni esa dunyoning 93 ta mamlakatidan 2,5 ming mehmon ishtirokida Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida o‘tgan ishbilarmonlik tadbirlari yakunida umumiy qiymati 26,6 milliard dollarlik investitsiya bitimlari va eksport shartnomalari imzolandi.

Ular orasida qurilish, “yashil” energetika, tog‘-kon sanoati, infratuzilma, oziq-ovqat, to‘qimachilik sanoati va sog‘liqni saqlash sohasidagi yirik loyihalar bor.

Forum natijalari bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan imzolangan investitsiya va savdo bitimlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xarita”si ishlab chiqildi. Unda barcha bosqichlar, muddatlar va masʼullar aniq belgilandi. Shuningdek, forumda hamda Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi yig‘ilishida xorijiy investorlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni joriy qilish bo‘yicha “yo‘l xarita”si ishlab chiqilgan.

Davlatimiz rahbari hisobotni tinglab, “yo‘l xarita”larining barcha bandlari o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatish, investorlar bilan doimiy muloqot qilib, ular uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni tizimli hal etib borishni topshirdi.
Mutasaddilarga to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlikni hozirdan boshlash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida istiqbolli loyihalar to‘plamini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.


Siyosat


														
														Kosovo sobiq prezidenti Hoşim Taçiga yana qamoq jazosi tayinlandi

Kosovo sobiq prezidenti Hoşim Taçiga yana qamoq jazosi tayinlandi

Kosovoning sobiq prezidenti Hoşim Taçi guvohlarga bosim ötkaziş va sud jarayoniga tösqinlik qilişda aybdor deb topilib, 1 yi…
10:14 / 19.11.2026

														
														Putin Ukrainaga qarşi uruşni qişda ham töxtatmoqçi emas — NYT

Putin Ukrainaga qarşi uruşni qişda ham töxtatmoqçi emas — NYT

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarni qiş davomida ham davom ettirişni közlamoqda. Bu haqda …
09:38 / 19.11.2026

														
														Putin, Tramp va Si Szinpin APEC sammitining yalpi majlisida nutq sözladi

Putin, Tramp va Si Szinpin APEC sammitining yalpi majlisida nutq sözladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQŞ prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Szinpin Xitoyda bölib ötayotgan Osiyo-Tinç …
09:24 / 19.11.2026

														
														Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026

														
														Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi lavozimiga nomzodini …
16:31 / 26.10.2026

														
														Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir parlamenti Nigerga harbiy xizmatchilar yuborish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Bu mamlakatning 1973-yildan beri il…
11:01 / 26.10.2026

														
														Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada Yaponiyaning Hokkaido Shimbun gazetasi muxbiri Imayi Yuki josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi. Rossiya Federal xav…
09:37 / 14.10.2026

														
														Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an urush jinoyatlarida ayblanayotgan shaxslar BMT minbarida emas, sud zalida javob be…
10:44 / 27.09.2026

														
														Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqd…
10:41 / 27.09.2026

														
														Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keladi. Bu haqda kecha, 24 sentyabr kuni AQ…
16:05 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
Qirğiziston yana 18 ta davlat fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etmoqçi

Qirğiziston yana 18 ta davlat fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etmoqçi

Qirğiziston hukumati yana 18 ta davlat fuqarolari uçun vizasiz tartib joriy etişni taklif qilmoqda. Şuningdek, xorijliklarni…
15:10 / 18.11.2026
Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni hal qiliş va uruşni yakunlaş uçun Rossiya yoki Xitoydan yordam söraş niyatid…
16:58 / 19.11.2026
Xitoyda Si Szinpinning Putin va Trampga munosabati OAV e’tiborini tortdi

Xitoyda Si Szinpinning Putin va Trampga munosabati OAV e’tiborini tortdi

Xitoyda ötkazilayotgan APEC sammiti doirasida Xitoy raisi Si Szinpinning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidenti…
09:28 / 19.11.2026
“Kokoş” va uning dugonalariga çiqarilgan hukm yuzasidan Toşkent şahar sudlari izoh berdi

“Kokoş” va uning dugonalariga çiqarilgan hukm yuzasidan Toşkent şahar sudlari izoh berdi

Toşkent şahar sudlari bloger Komila Abduqodirova (“Kokoş”), aktrisa Barçin Ğofurova va bloger Nihola Rajabovaga nisbatan çiq…
15:21 / 18.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
Saida Mirziyoyeva “Aman Group” va “Capital Group” rahbarlari bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva “Aman Group” va “Capital Group” rahbarlari bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Buxoroda “Aman Group” raisi Vladislav Doronin hamda “Capital Group” direktorlar kengaşi raisi Pavel Tyo bi…
11:02 / 18.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!