$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks qayta nomlanadi

17:00 / 22.01.2022

Qonunchilik palatasidagi partiyalar fraksiyalari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda yangi nom bilan ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqida Quyi palata deputati Rasul Kusherbayev ma’lumot berdi.

- kodeksning nomi uning tartibga solish predmeti va xorijiy tajribadan kelib chiqib Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks deb o‘zgartirilmoqda;
- ayrim ma’muriy huquqbuzarlik tarkiblari zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Jumladan:

a) amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan yoki fuqarolik va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan 33 ta ma’muriy huquqbuzarlik (transportdan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish, shartnoma intizomini buzish, avtomat telefonlarni shikastlantirish va boshqalar kodeksdan chiqarilmoqda;

b) obyektiv ehtiyojdan kelib chiqib, 12 ta yangi turdagi huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda (piyoda va boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga yo‘l bermaslik, elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish tartibini buzish va boshqalar);

v) xalqaro ekspertlar (xususan OESR) tavsiyalariga ko‘ra 3 turdagi ijtimoiy xavfi katta bo‘lgan va ma’muriy javobgarlik orqali ta’sir ko‘rsatish samarasiz ma’muriy huquqbuzarliklar (NTTning yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish, davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish, davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi Kodeksdan chiqarilib, ular uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda;

- ma’muriy jazo choralari tizimi takomillashtirilib, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish jazosi ma’muriy jazo tizimidan chiqarilmoqda;

- ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibi takomillashtirilmoqda.

Xususan:

a) huquqbuzarlikka oid ish yuritish tizimini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etish nazarda tutilmoqda;
b) amaldagi kodeksda mavjud bo‘lmagan isbot qilish, dalillar taqdim etish, xolislar, ekspertiza tayinlash, sud majlisini videokonferensiya tarzida o‘tkazishga oid yangi tartiblar kiritilmoqda;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish tizimi takomillashtirilmoqda.

Jumladan:

a) korrupsiya holatlariga imkon beruvchi omillarni bartaraf etish maqsadida huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida naqd pulda jarima undirish tartibi bekor qilinmoqda;

b) sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida tayinlangan ma’muriy jazo choralarini almashtirish tartibi belgilanmoqda.

- qat’iy ma’muriy jarimalar qayta ko‘rib chiqilib, ularning minimal va maksimal miqdorini belgilash orqali jarimalarni pasaytirgan holda amaldagi jazolar liberallashtirilmoqda;

- ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qonunchilikning har bir prinsipi mazmuni ochib berilmoqda. (Masalan, hech br shaxs bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emasligi haqidagi qoida belgilanmoqda);

- ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda huquqiy jihatdan tartibga solinmagan ko‘plab muammoli masalalarning yechimi nazarda tutilmoqda. Xususan, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda rad qilish asoslari va tartibi, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qarorga nisbatan qo‘yiladigan talablar va boshqa huquqni qo‘llash amaliyotidagi masalalarga oid qoidalar kiritilmoqda;

- ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda fuqarolarning ortiqcha ovvoragarchiligining oldini olish maqsadida ma’muriy huquqbuzarliklarni soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish nazarda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, yangi loyiha kodeksi 600 ga yaqin moddadan iborat.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!