“Real Madrid” Mbappe bilan shartnoma imzolashiga ishonchi komil. Chempionlar ligasi oʻyinlaridan soʻng ular shartnoma imzolashga kelishib oldilar.
El Chiringuitoʼning maʼlum qilishicha, hujumchi Kilian Mbappe yozda PSJni tark etadi.
“Real Madrid” fransiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolay olishiga mutlaqo ishonmoqda.
Tomonlar allaqachon transferning barcha zarur jihatlari boʻyicha kelishib olishgan va hujjatlarni imzolash qolgan.
1/8 final doirasidagi “Real Madrid” va PSJ oʻrtasidagi oʻyin oldidan hech qanday rasmiy protseduralar boʻlmaydi, shartnoma Chempionlar ligasi oʻyinlaridan keyin imzolanadi.
Oldinroq, yozda madridliklar Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xolandni ham sotib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!