“Rossiya federatsiyasi prezidenti saylovini tashkil etish yuqori darajada qurilgan”, – dedi MDH MPA kuzatuvchilar guruhi koordinatori Mixail Rusy.
“Hammasi tashkiliy jihatdan yuqori darajada qurilgan. Har bir fuqaroning o‘z irodasini ifoda etish erkinligi bor. Biz buni barcha kuzatuv joylarimizda qayd etamiz”, – degan Rusy jurnalistlarga.
Uning qo‘shimcha qilishicha, MDH MPA kuzatuv missiyasi doirasida 22 mamlakatdan 60 a’zo borganligini ta’kidlagan.
Federatsiya kengashi prezident saylovini so‘nggi bosqichini 2024-yil 17-martga tayinlagan. Ovoz berish uch kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart. Rossiya federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan to‘rtta nomzod Davlat rahbari lavozimiga da’vogarlik qilmoqda ular: Leonid Slutskiy, Nikolay Xaritonov, Vladislav Davankov va Vladimir Putin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!