$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Meksika chegarasida ushlangan o‘zbekistonliklar qo‘yib yuborilmaydi

15:25 / 20.11.2023

AQShga Meksika orqali noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari endilikda mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi va immigratsiya ishi hal bo‘lgunicha hibsda saqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam bergan oila a’zolari ham viza olishdan mahrum etilishi mumkin.

Meksika chegarasi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga kirishga urinayotgan O‘zbekiston fuqarolarini chiqarib yuborish siyosatiga shoshilinch o‘zgartirishlar kiritildi, deya xabar bermoqda mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati.

AQSh Ichki xavfsizlik departamentining bildirishicha, endilikda Meksika chegarasi orqali AQShga noqonuniy kirayotgan O‘zbekiston fuqarolari AQShga qo‘yib yuborilmaydi (hozirgacha chegarani noqonuniy kesib o‘tgan fuqarolar migratsion maqom olish bo‘yicha sud bo‘lib o‘tgunga qadar mamlakat ichkarisiga qo‘yib yuborilishi mumkin edi — tahr). Buning o‘rniga ular bilan bog‘liq immigratsiya ishi hal qilingunga qadar hibsda saqlanadi.

“AQSh mamlakatda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan fuqarolarni chiqarib yuborish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Chiqarib yuborish tijorat aviakompaniyalari hamda Immigratsiya va bojxona nazorati bilan tuzilgan charter reyslari orqali amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Elchixona Meksika chegarasi orqali noqonuniy migratsiya xavfli va qimmatligini qayd etib, kontrabandachilarning yolg‘on va’dalariga uchmaslikni so‘radi. Mamlakatga sayohat qilish uchun xavfsiz va qonuniy vositalardan foydalanishni maslahat berdi.

Qayd etilishicha, chegarani noqonuniy kesib o‘tgan shaxslar mamlakatga kamida besh yil ichida qonuniy ravishda qayta kirishlari taqiqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam beradigan oila a’zolari ham viza olishdan butunlay mahrum etilishi mumkin.

“Mamlakat xavfsiz, tartibli va insonparvar migratsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida chet ellik hamkorlar bilan faoliyat olib boradi hamda Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan barcha noqonuniy kiruvchilar va fuqaroligi bo‘lmaganlarni immigratsiya qonunchiligi (Title 8) vakolati ostida tezda mamlakatdan chiqarib yuboradi”, — deyiladi elchixona xabarida.

Avgust oxirida CNN telekanali IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan kontrabandachi o‘zbekistonlik bir guruh muhojirlarga Meksika orqali AQShga kirishga yordam bergani haqida xabar bergandi.

Ushbu voqeadan keyin AQSh prezidenti administratsiyasi Yevropa Ittifoqidan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridan tranzit vizalarini talab qilishni so‘ragan.
Avvalroq Fox News 2021-yildan 2023-yilgacha AQSh hukumati tomonidan “alohida qiziqish uyg‘otuvchi shaxslar” sifatida tasniflangan o‘n minglab muhojirlar Meksika orqali AQShga noqonuniy kirishga harakat qilishganini bildirgandi. Qo‘lga olinganlarning 13 mingdan ortig‘i O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.


Bu ham qiziq

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!