$
12913.19 UZS
4
154.17 UZS
0.87
13908.80 UZS
-26.67
21° Kechasi

“Milliy kurash” va “Tosh koʻtarish” boʻyicha mudofaa vaziri kubogi musobaqalari gʻoliblari aniqlandi (fotoreportaj)

23:58 / 29.06.2022

Joriy yilning 25-may kunidan Mudofaa va Sportni rivojlantirish vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida harbiy xizmatchilar va yoshlar oʻrtasida 30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Milliy kurash” va “Tosh koʻtarish” sport turlari boʻyicha mudofaa vaziri kubogi musobaqalariga start berilgan edi.

Bugunga qadar davom etgan mazkur musobaqalarda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 400 mingga yaqin havaskor polvonlar ishtirok etdi.

Yoshlar oʻrtasida toʻrt bosqichda va toʻrt vazn toifasida oʻtkazilgan bellashuvlarning dastlabkisi 25-maydan 12-iyungacha – mahallalarda, 13-iyundan 19-iyungacha tuman va shahar bosqichlarida, 20-iyundan 25-iyungacha esa viloyatlarda oʻtkazildi.

Kuni kecha, 29-iyun kuni Mudofaa vazirligi sport markazida mudofaa vaziri kubogi musobaqalarining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda shu kungacha kechgan shiddatli bellashuvlarda mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritgan eng kuchli polvonlar ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, dastavval ikki sport turi boʻyicha har bir vazn toifasida kuchli uchliklar aniqlanib, ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar tantanali topshirildi.

Umumjamoa hisobida (yoshlar oʻrtasida):

I oʻrin — Toshkent shahri;

II oʻrin — Buxoro viloyati;

III oʻrin — Sirdaryo viloyati.

Harbiy xizmatchilar oʻrtasida:

I oʻrin — Mudofaa vazirligi;

II oʻrin — Davlat xavfsizlik xizmati;

III oʻrin — Ichki ishlar vazirligi.

Shunday qilib yoshlar oʻrtasida Toshkent shahri vakillari, harbiy xizmatchilar oʻrtasida mudofaa vazirligi vakillari mudofaa vaziri kubogini qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblarga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov kubok, diplom va qimmatbaho sovgʻalarni tantanali ravishda topshirdi.

Dadajon FOZILOV tayyorladi.



														
														2036-yilgi Olimpiada mezbonligiga qaysi davlatlar da’vogarlik qilmoqda?

2036-yilgi Olimpiada mezbonligiga qaysi davlatlar da’vogarlik qilmoqda?

Bundan tashqari Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashmo…
09:32 / 30.03.2025

														
														O‘zbekistonlik kurashchi Gruziyadagi musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik kurashchi Gruziyadagi musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

Sportchi 90 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Musobaqa finalida Bozorov Fransiya vakili Aleksis Metyuni mag‘lub etdi.
21:15 / 24.03.2025

														
														49 yoshli Chusovitina Jahon kubogi oltin medalini qo‘lga kiritdi

49 yoshli Chusovitina Jahon kubogi oltin medalini qo‘lga kiritdi

Ozarbayjonning Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
17:29 / 08.03.2025

														
														Tashkent Grand Slam. “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar rekord o‘rnatdi

Tashkent Grand Slam. “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar rekord o‘rnatdi

Uch kun davomida Toshkent mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir o‘z yakuniga yetdi.
13:54 / 03.03.2025

														
														20 yoshli bokschi kichik Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

20 yoshli bokschi kichik Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Ayni kunlarda boks bo‘yicha Bolgariyaning Sofiya shahrida 76-“Strandja” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiy…
21:05 / 02.03.2025

														
														Tashkent Grand Slam. “Katta dubulg‘a” turnirida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Tashkent Grand Slam. “Katta dubulg‘a” turnirida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha Grand Slam musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlari o‘tkazilmoqda.
20:30 / 01.03.2025

														
														Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovni e’tirof etdi

Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovni e’tirof etdi

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov oxirgi marta Superbet Polsha turnirida Karlsenni mag‘lub etgan edi.
22:45 / 27.02.2025

														
														49 yoshli Chusovitina Germaniyadagi musobaqada sovrindor bo‘ldi

49 yoshli Chusovitina Germaniyadagi musobaqada sovrindor bo‘ldi

Shu kunlarda Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha 2025-yilgi jahon kubogining birinchi bosqich musobaqa…
13:02 / 23.02.2025

														
														Botir Rahimov O‘zbekiston tennis federatsiyasi rahbari etib tayinlandi

Botir Rahimov O‘zbekiston tennis federatsiyasi rahbari etib tayinlandi

O‘zbekistonlik tadbirkor, “Paxtakor” futbol klubining sobiq prezidenti Botir Rahimov O‘zbekiston tennis federatsiyasiga rahb…
20:23 / 17.02.2025

														
														Javohir Sindarov 60 ming, Nodirbek Abdusattorov esa 40 ming AQSh dollariga ega bo‘ldi

Javohir Sindarov 60 ming, Nodirbek Abdusattorov esa 40 ming AQSh dollariga ega bo‘ldi

Germaniyaning Vangels shahrida bo‘lib o‘tgan Freestyle Chess Grand Slam Tour musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
10:08 / 15.02.2025

Bu ham qiziq

1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 2025-yil 1-apreldan e’tiboran qonunchilikda bir qancha o‘zgarishlar amalga oshadi.
21:50 / 29.03.2025
O‘zbekiston eksportida yetakchi 10 ta davlat ma’lum qilindi

O‘zbekiston eksportida yetakchi 10 ta davlat ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eksportida yuqor…
09:17 / 30.03.2025
Turkiya muxolifati mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini xohlamoqda

Turkiya muxolifati mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini xohlamoqda

Ular saylovlar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlovchi imzo to‘plash kampaniyasini boshlab yuborishgan.
08:21 / 31.03.2025
“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda o‘qiganlar tanlovsiz ishga olinadi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda o‘qiganlar tanlovsiz ishga olinadi

Farmonga ko‘ra, 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi …
11:21 / 29.03.2025
Tailandda insultga uchragan o'zbekistonlik oilasiga qaytarildi

Tailandda insultga uchragan o'zbekistonlik oilasiga qaytarildi

28-mart, juma kuni insultga uchragan o'zbekistonlik Tailanddan O'zbekistonga olib ketildi. Bu haqda, Dunyo axborot agentligi…
19:56 / 30.03.2025
Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentning qator ko‘chalari yopiladi

Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentning qator ko‘chalari yopiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Ramazon hayitining birinchi kuni 30-martga to‘g‘ri kelishi haqidagi q…
09:28 / 29.03.2025
Hayit namozi kuni ayrim ko‘chalar yopiladi

Hayit namozi kuni ayrim ko‘chalar yopiladi

2025-yil 30-mart kuni poytaxtimizdagi 124 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan, 30-mart kuni s…
20:13 / 29.03.2025
Tailanddagi zilzila qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

Tailanddagi zilzila qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

Bu haqda O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
12:40 / 29.03.2025
Mirziyoyev To‘qayevning taklifiga binoan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev To‘qayevning taklifiga binoan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklif…
10:42 / 29.03.2025
30-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

30-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 30-mart kuni Toshkentda havo biroz bulut…
23:00 / 29.03.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!