O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi 30-mart kuni Toshkent va Qozon o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi, deya xabar beradi Abdulla To‘qay nomidagi Qozon aeroporti matbuot xizmati.
Ikki shahar o‘rtasida parvozlar haftada ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar narxi 1,3 mln so‘mdan boshlanadi.
Yo‘lovchilarni tashish uchun 180 kishini tashishga qodir Airbus A320 samolyotidan foydalaniladi. Parvoz davomiyligi taxminan 3,5 soat.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!