$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turkni qabul qildi

16:54 / 15.03.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turkni qabul qildi.

Inson manfaatlarini ilgari surish va huquqlarini himoya qilish masalalarida O‘zbekiston bilan BMT tuzilmalari o‘rtasidagi konstruktiv muloqot va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbari keyingi yillarda BMT bilan ushbu sohadagi hamkorlikda yuksak darajaga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etib, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq hamohang bo‘lgan O‘zbekistondagi islohotlar strategiyasining bosh ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.

BMT Oliy komissari O‘zbekistonning bolalar va majburiy mehnatga barham berish, gender tenglikni ilgari surish, sud idoralarining mustaqilligini va qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi muvaffaqiyatlarini yuqori baholadi.

Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasining 75 yilligida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi qabul qilingani, mamlakatimiz BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilgani, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokidagi preventiv mexanizm yaratilgani, shuningdek, mojarolar hududlaridan xotin-qizlar va bolalar o‘z yurtiga qaytarilgani, ular qayta ijtimoiy integratsiyalashuvi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgani alohida qayd etildi.

O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga 2021-2023-yillar davriga saylangani hamda mamlakatimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar asosida yoshlar huquqlariga oid Kengashning qator rezolyutsiyalari qabul qilingani inson huquqlarini ta’minlash borasidagi yutuqlarning keng e’tirofi bo‘ldi.

Oliy komissir BMT tuzilmalarining O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish niyati qat’iy ekanini tasdiqladi. Inson huquqlarini monitoring qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va penitensiar muassasalar xodimlarini o‘qitish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida konstruktiv muloqotni yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.


Bu ham qiziq

Surxondaryoda 16 yoshli o‘smir ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi

Surxondaryoda 16 yoshli o‘smir ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda “Ishonch” telekanali xabar berildi.
10:45 / 13.12.2025
Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Ma’lumot uchun, Bondi-bich plyaji Avstraliyaning eng mashhur plyaji bo‘lib, u ko‘plab syorfingchilarni va sayyohlarni o‘ziga…
15:51 / 14.12.2025
Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

“Juma kuni “xorijdagi operatsiya zonasi”da “harbiy topshiriq”ni bajargan muhandis-sapyorlar bo‘linmasi KXDRga qaytdi”, – dey…
17:12 / 13.12.2025
O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilo…
16:40 / 14.12.2025
Samarqandda 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Samarqandda 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Ushbu qoidabuzarlik gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 1 milliard 734 million so‘mlik zarar yetka…
11:28 / 13.12.2025
“Elektron retsept” tizimi bo‘yicha murojaatlar uchun “Call-markaz” tashkil etildi

“Elektron retsept” tizimi bo‘yicha murojaatlar uchun “Call-markaz” tashkil etildi

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
14:34 / 13.12.2025
Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari–2025. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari–2025. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

BAAning Dubay shahri mezbonlik qilgan 2025-yilgi yoshlar Para Osiyo o‘yinlari yakunlandi. Musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi…
11:09 / 14.12.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning yanvar—noyabr oylariga…
12:32 / 14.12.2025
14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:58 / 13.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!