$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Mirziyoyev "Qora shahzoda" bilan uchrashdi

09:52 / 18.08.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 17-avgust kunining ikkinchi yarmida Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi doirasida Jidda shahriga keldi.

Podshoh Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston prezidentini Makka mintaqasi rahbarlari, investisiyalar vaziri Xolid al-Falih va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Jidda shahridagi “Qasr as-Salam” saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyevni Saudiya Arabistonining Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari ijro etildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida O‘zbekiston yetakchisi Saudiya Arabiston Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga o‘zining samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazishni so‘radi.

Turli darajalardagi aloqalar ancha faollashgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kegashining yig‘ilishlari muntazam o‘tkazilmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, qo‘shma korxonalar tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, ikki mamlakat munosabatlarni, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun ulkan salohiyatga ega ekani qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoniga ilk davlat tashrifi buning uchun keng imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirdi.

Oliy darajadagi muzokaralar qarashlar va intilishlarning mushtarakligini namoyon etdi. Saudiyada “Nigoh - 2030” Davlat dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani yuksak baholandi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Ishbilarmonlarning aloqalari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, tarkibini diversifikasiya qilish zarurligi qayd etigan. O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etilishi bu borada muhim qadamlardan biri bo‘lishi aytilgan.

“Bugungi tarixiy uchrashuvimiz hamkorligimizni amaliy natijalar bilan boyitish, biznes aloqalari uchun “kuchli signal” bo‘lishiga aminman. Mamlakatlarimiz tadbirkorlari muloqotimiz natijalarini intiqlik va katta qiziqish bilan kutayapti”,— deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Saudiyaning yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistondagi tijorat banklari, yirik sanoat va infratuzilma ob’yektlarini xususiylashtirish jarayonida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Energetika va neft-kimyo sohalaridagi sheriklikni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi. Bugungi kunda kunda “ACWA Power” kompaniyasi bilan jami 2 milliard 600 million dollarlik yirik energetika loyihalari boshlangan. Kimyo tarmog‘ida “SABIC” kompaniyasi bilan sheriklik istiqbolli ekani bildirildi.

Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida O‘zbekiston hududlarida transport, suv ta’minoti, elektr tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Uning yakunida energetika, kimyo, elektrotexnika, infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, farmasevtika, axborot texnologiyalari va transport sohalarida umumiy qiymati 14 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuv va shartnomalar imzolandi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, bugungi kunda yurtimizda o‘n mingdan ziyod talaba Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy tili hisoblangan arab tilini o‘rganmoda.

Xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Muzokaralarda O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining qator jihatlar yuzasidan qarashlari va yondashuvlari o‘xshashligi namoyon bo‘ldi. Davlatlarimiz xalqaro doirada bir-birini doim qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. O‘zbekiston Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodning “Ekspo - 2030” Butunjahon ko‘rgazmasini o‘tkazish uchun nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Xavfsizlik sohasida muloqotni yo‘lga qo‘yish, Afg‘onistonda tinchlikni mustahkamlash va iqtisodiyotni tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish yuzasidan yakdil fikr bildirildi. O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistonining Shanxay hamkorlik tashkilotida Muloqot bo‘yicha sherik maqomini olayotganini olqishladi.

Muzokaralar natijalari bo‘yicha imzolangan hujjatlar almashildi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Ikki mamlakat hukumatlari va vazirliklari o‘rtasida energetika, bojxona, fuqaro aviatsiyasi, turizm, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, mehnat munosabatlari kabi sohalarda hamkorlikka doir 15 ta hujjat qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi sharafiga Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud nomidan qabul marosimi o‘tkazildi.

 



														
														Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Nashrda kosmonavt o‘z izdoshlaridan videoda olingan joyni tanishlarini so‘ragan.
17:11 / 26.04.2024

														
														Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

U sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan uchirilgan.
12:16 / 26.04.2024

														
														Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Hujum oqibatida bir falastinlik halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan.
12:14 / 26.04.2024

														
														Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Biroq Nike bu da’volarni asossiz deb hisobladi.
12:06 / 26.04.2024

														
														Olmaota aeroportida Air Astana uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi

Olmaota aeroportida Air Astana uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi

U yo‘lovchi sifatida uchib ketmoqchi bo‘lgan.
11:59 / 26.04.2024

														
														Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024

														
														Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Bu haqda Reuters xabar berdi.
15:01 / 25.04.2024

														
														Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.
14:16 / 25.04.2024

														
														“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Shvetsiyada yangi qonun o‘z fuqarolarining fikriga zid ravishda qabul qilinganl…
11:30 / 25.04.2024

Bu ham qiziq

Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Biroq Nike bu da’volarni asossiz deb hisobladi.
12:06 / 26.04.2024
Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Bunday parallel haqiqatlar mavjudligini birinchi bo‘lib ilgari surgan olim avstriyalik fizik Ervin Shredinger edi.
15:50 / 26.04.2024
Xarizma nima?

Xarizma nima?

Xarizma 2023-yilda internet olamida eng ko‘p ishlatilgan termin hisoblanadi.
15:57 / 26.04.2024
Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024
Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024
Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024
Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

2022-yil fevral oyida nafaqaxo‘r COVID-19’ning Omikron shtammini yuqtirib olgan.
15:41 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!