$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Mirziyoyev va Aliyev Ichan qal’ani ziyorat qildi (foto)

15:11 / 22.06.2022

Bugun, 22-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Xiva shahriga tashrif buyurdi.

Kecha bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida davlat rahbari o‘zbek va ozarbayjon xalqlari munosabatlarining shonli tarixi bugungi ko‘p qirrali hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratganini ta’kidlagan edi.

Haqiqatan ham, qardosh xalqlar azaldan bordi-keldi qilib, bir-birining madaniyatini boyitgan. 2500 yildan ziyod tarixga ega Xiva bunda muhim o‘rin tutgan.

Shu jihatdan, O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining bu qadimiy shaharga tashrifi katta ma’noga ega.

Qayd etish joiz, Ichan qal’a nodir shahar-yodgorlik sifatida diqqatga sazavor. Bu yerda 120 dan ziyod me’moriy obidalar bor. Shu bois Xiva shahri 1990-yil 12-dekabrda YUNESKO Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan.

Xususan, davlat rahbarlari Ota darvozadan kirib, Ko‘k minora, Ko‘hna ark saroyi, Sherg‘ozixon madrasasi, Juma masjidi, Tosh hovlini tomosha qildi, Allomalar muzeyi bilan tanishgan.

Shuningdek, Xorazmcha qo‘shiq va raqslar ijrosi mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etgan.

Prezidentlar Ichan qal’a yaqinidagi Nurillaboy saroyini ham borib ko‘rdi.

Bu majmuani 1884-yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz qurdirgan. Keyinchalik qo‘shimcha binolar ham barpo etilib, beshta hovlidan tashkil topgan. Saroyda ham sharqona, ham yevropacha uslubdagi arxitektura ajoyib tarzda uyg‘unlashgan. Yana bir e’tiborli jihati, XX asr boshlarida ko‘pgina siyosiy jarayonlar aynan shu saroyda kechgan.

Ta’kidlanishicha, Xivaning davlatchilik va ilm-fan rivojida tutgan o‘rni, qadimiy obidalari va san’ati ozarbayjonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!