$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

Misr Arab Respublikasi ilk marta O‘zbekistonga Gepatit C ga qarshi dori vositalarini yubordi

16:05 / 09.09.2022

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekistonga Misr Arab Respublikasining beg‘araz yordami – gepatit С virusiga qarshi dori vositalarining qabul qilinishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sayfutdinov Zayniddin Asamutdinovich, Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Amira Faxmi xonim, Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq va Afrika bo‘limi boshlig‘i Ismatilla Fayzullayev, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Erkin Musabayev va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyoda 200 million kishi gepatit C virusi bilan kasallanmoqda. 2020-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, har yili 350 mingdan ortiq bemor gepatit C asoratlari tufayli vafot etadi. Butunjahon gepatit alyansining 2021-yil iyuldagi ma’lumotlariga ko‘ra, gepatit B va C virusi sababli har yili 1,4 million odam vafot etadi. Bu esa OIV/OITS va bezgakdan ko‘proq deganidir.

Prezidentning 2022-yil 16-maydagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida quyidagilar aholi orasida ayrim virusli infeksiyalarni o‘z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, ularni davolash bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada takomillashtirish va kengaytirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan:

— virusli gepatitlarning “В” va “С” turlarini erta aniqlash uchun respublikaning barcha hududlarida skrining tekshiruvlarini o‘tkazish va kasallikni davolash qamrovini oshirish;
— skrining tekshiruvlarida virusli gepatit “С” turi aniqlangan bemorlarni davolash jarayonida dori vositalari bilan bepul ta’minlash;
— sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida virusli infeksiyalarni aniqlash uchun sarflov materiallari (reagent va test-to‘plamlari) bilan bosqichma-bosqich to‘liq ta’minlash;
— barcha davolash-profilaktika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda nodavlat tibbiyot tashkilotlarida jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestrini yaratish va uni yuritish.

Respublikamizda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan hamkorlikda oilaviy poliklinikalarda bepul skrining jarayonlari davom etmoqda.

Misr hukumati tomonidan beg‘araz yordam sifatida yuborilgan gepatit С virusiga qarshi umumiy qiymati 302 ming AQSH dollariga teng 15 ming dona «Sofosbuvir» va 15 ming dona «Daklatasvir» (jami 30 ming dona) dorilar Respublikamizda skrining tekshiruvlarida virusli gepatitning “С” turi aniqlangan bemorlarga bepul tarqatiladi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2026-yil 1-oktyabr holatiga 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milli…
09:41 / 19.10.2026
Qibrayda 7 kg marixuana, pnevmatik qurol va patronlar topildi

Qibrayda 7 kg marixuana, pnevmatik qurol va patronlar topildi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida muqaddam sudlangan fuqaroning ijaraga olgan yer maydonidagi konteynerlardan 7 kilogram…
09:35 / 19.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, jamoatchilikka ochiq e…
14:59 / 16.10.2026
Qo‘g‘irchoq ichiga “gashish” yashirgan ayol ushlandi

Qo‘g‘irchoq ichiga “gashish” yashirgan ayol ushlandi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida chaqaloq ko‘rinishidagi bolalar o‘yinchog‘i ichiga “gashish” yashirgan 56 yoshli ayol …
09:53 / 18.10.2026
Saida Mirziyoyeva Gonkongdagi eng yirik xolding boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Gonkongdagi eng yirik xolding boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashdi

"O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga isho…
09:18 / 17.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. …
15:39 / 16.10.2026
O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Uchrashuvda energet…
14:51 / 16.10.2026
Yangi Toshkentga investitsiya kiritish uchun bot ishga tushdi

Yangi Toshkentga investitsiya kiritish uchun bot ishga tushdi

Endi Yangi Toshkent uchun loyihangizni tez va oson taklif qilishingiz mumkin.
12:44 / 17.10.2026
Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga zarur yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadi…
16:17 / 16.10.2026
Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

“Bugun AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direk…
09:09 / 17.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!