Professional boks boʻyicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7 KO) 20-noyabr tongida AQShda navbatdagi jangini oʻtkazdi.
Manchesterda (Nyu-Gempshir shtati) boʻlib oʻtgan jangda Murodjon Ahmadaliyevga chililik Xose Velaskesga qarshi raqiblik qildi. Toʻliq davom etgan bahsda hamyurtimiz ochkolar hisobida gʻalaba qozonib, kamarlarini himoya qildi.
Dastlabki raundlarda Murodjon ustunlik namoyish etgan boʻlsa, 7-raundga kelib, Velaskes faol harakatlar namoyish etib, raqib tomon zarbalar amalga oshirdi. Jang oxirlarida esa Ahmadaliyev tizginni biroz qoʻlga olgandek taassurot qoldirdi.
Natijada hakamlarning yakdil qarori bilan yurtdoshimiz gʻalabaga erishdi.
Eslatib oʻtish mumkin, 26-yoshli bokschi 2020-yilning yanvarida Daniel Romanni magʻlub etib, bir yoʻla ikkita chempionlik kamarini oʻziniki qilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!