$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Mutaxassislar qanday oyoq kiyimlaridan foydalanishni maslahat beradi?

12:39 / 20.11.2022

Ko‘pchilik poyabzal xarid qilishda muhim jihatlarga yetarlicha e’tibor qaratmaydi. Oqibatda jimjimador va jozibador oyoq kiyim ishqibozlari orasida travmatologik va ortopedik kasalliklar avj olishi kuzatilmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Poyabzal tanlash – nozik va o‘ta mas’uliyatli jarayon. Chunki oyoqlar tanamizning eng muhim a’zolaridan. Ularning haddan ziyod zo‘riqishi, jarohatlanishi, lat yeyishi va deformasiyasi turli og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin”, – deydi mutaxassis.

Aniqlanishicha, inson oyoqlari murakkab anatomik tuzilishga ega. Uning bir panjasi 26 ta suyak va ko‘plab bo‘g‘imlardan tarkib topgan. Noto‘g‘ri tanlangan poyabzal ana shu suyak va bo‘g‘imlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, bora-bora ularning deformasiyalanishiga olib keladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda Yer yuzida yashovchi katta yoshli aholining 80 foizgacha qismi oyoqlar salomatligi bilan bog‘liq turli muammolardan aziyat chekib keladi. Bu yuqorida sanalgan omil bilan ham chambarchas bog‘liq.

M. Irismetovning ta’kidlashicha, poshnasiz, ya’ni tekis taglikli oyoq kiyimlardan uzoq vaqt foydalanish zararli. Bu yassioyoqlik, plantar fassiitni keltirib chiqarishi mumkin.

Baland poshnali poyabzal ham maqbul tanlov emas. Uni kiygach, tana vazni oyoq yuzasiga notekis taqsimlanadi. Oqibatda og‘irlik markazi oldinga siljib, bunday yuk uchun mo‘ljallanmagan metatarsal suyaklar va o‘sha qismdagi bo‘g‘imlar zararlanadi.

Bu holat mayda yoriqlar paydo bo‘lishi, bo‘g‘imlar yallig‘lanishi hamda nerv tomirlarining siqilishiga olib keladi. Bundan tashqari, yassioyoqlik va barmoqlar deformasiyasi shakllanadi.

Tor poyabzal kiyish ham salomatlik uchun biroz xavfli va oyoqlarda qon aylanishi buziladi. Tirnoqlar ingichka va mo‘rt bo‘lib teri ichiga qarab o‘sadi. Bu esa zamburug‘li kasalliklar uchun qulay “nishon” bo‘ladi. Qolaversa, qon yaxshi aylanmasligi hisobiga shish va ko‘karish, tromboflebit hamda varikoz tomirlari kengayishi yuzaga keladi.

Sun’iy charm va matodan ishlangan oyoq kiyimlar esa namlik va issiqlik almashinuvini izdan chiqarib, allergik reaksiyalarni paydo qilishi ehtimoli katta.

Qattiq taglikka ega poyabzallar amortizasiya xususiyatiga ega emas. Oqibatda umurtqa pog‘onasi zo‘riqib, intervertebral disklarning patologiyasi, radikulit kasalligi rivojlanishi xavfi oshadi. Yupqa taglikli poyabzallardan uzoq muddat foydalanish ham oyoqlar yassiligi, tovonlar yorilishi, bel churrasi va artrozga olib kelishi mumkin.


Bu ham qiziq

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!