Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şoxobçalarida sotilmaydi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotiga köra, birja savdolariga çiqarilgan AI-80 benzini qayta işlaş korxonalarida xomaşyo sifatida foydalaniş uçun möljallangan. Undan texnologik qayta işlaş orqali yuqori oktanli benzin va boşqa kimyoviy mahsulotlar işlab çiqariş mumkin.
Savdo şartlariga muvofiq, uşbu mahsulotni faqat tegişli litsenziyaga ega qayta işlaş korxonalari xarid qilişi mumkin.
Energetika vazirligi birja savdolarining boşlanişi AI-80 benzinining avtomobillarga yoqilği sifatida sotuvga qaytarilganini anglatmasligini alohida ta’kidladi. Uni AYOQŞlarda sotiş böyiça amaldagi çeklovlar saqlanib qoladi.
Eslatib ötamiz, Prezidentning 2025-yil 30-yanvardagi farmoni bilan 2025-yil yakuniga qadar AI-80 markali avtomobil benzinidan foydalaniş va uni sotişni çeklaş belgilangan edi. “Özbekneftgaz” AJ esa 2025-yil 2-sentabrdan boşlab AI-80 benzinini birja savdolari orqali sotişni töxtatgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!