Ammon şahridagi “Al-Husayniya” saroyida davlat taşrifi bilan Iordaniya Hoşimiylar Podşohligida bölib turgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi ötkazildi.
Davlatimiz rahbari va rafiqasini Podşoh Abdulla II ibn al-Husayn va Malika Raniya al-Abdulla samimiy kutib oldilar. Birgalikda suratga tuşildi.
Oliy martabali mehmon şarafiga töplardan öq uzildi. Saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
Özbekiston Prezidenti va Iordaniya Podşohi şohsupaga kötarildilar. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Yetakçilar faxriy qorovul safi oldidan ötdilar, söng faxriy qorovul askarlari davlatimiz rahbari oldidan tantanali yurib ötdi.
Marosim yakunlangaç, oliy darajadagi muzokaralar boşlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!