AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni hal qiliş va uruşni yakunlaş uçun Rossiya yoki Xitoydan yordam söraş niyatida emasligini bildirdi. Bu haqda u APEC sammiti doirasida Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Jurnalistning Vaşington Tehron bilan uruşni tugatiş uçun Moskva yoki Pekinga murojaat qilişi mumkinligi haqidagi savoliga Tramp: «Bizga yordam kerak emas», deb javob berdi.
Uning ta’kidlaşiça, AQŞ Eronning harbiy-dengiz kuçlarini yöq qilgan va harbiy-havo kuçlariga zarbalar bergan. Tramp Eron kelişuv tuzişni istayotganini aytib, Vaşington Tehron bilan uzoq muddatli bitimga erişişni maqsad qilganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, muzokaralar davom etmoqda.
AQŞ prezidenti, şuningdek, Eronning yadroviy obyektlariga berilgan zarbalardan keyin Tehron biologik qurol yaratişga ötganini da’vo qildi. Eron tomonidan «iflos bomba» qöllanişi mumkinligi haqidagi savolga esa bunday holat yuz bersa, AQŞ keskin javob berişini bildirdi.
Tramp intervyuda Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşga ham töxtaldi. U 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida mağlub bölmaganida, bu mojaro boşlanmagan bölardi, degan fikrini takrorladi. Şuningdek, uruş tez orada «u yoki bu tarzda» yakunlanişini aytdi.
Xitoy bilan munosabatlarga töxtalar ekan, Tramp Pekin bilan aloqalarni «döstlik va hurmat munosabatlari» deb ta’rifladi. U Si Szinpin bilan uçraşuvi va ikki davlat örtasidagi hamkorlikni ijobiy baholadi.
Amerika yetakçisi, şuningdek, yadroviy qurollar soni, Xitoyning razvedka faoliyati, Nvidia kompaniyasi atrofidagi vaziyat va AQŞdagi ayrim texnologik hamda aviatsiya tizimlarida kuzatilgan uzilişlar haqida fikr bildirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!