Tailand rasmiylari Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qildi. Bu haqda The Nation naşri Tailand Turizm va sport vazirligiga tayanib xabar berdi.
Taşabbus viza hujjatlarini rasmiylaştirişdagi keçikişlarni kamaytiriş va sayyohlar oqimini oşirişga qaratilgan. Taklif xalqaro aviataşuvçilar duç kelayotgan muammolar ortidan ilgari surilgan. Jumladan, Emirates aviakompaniyasi Tailand turizm idorasiga murojaat qilib, viza öz vaqtida rasmiylaştirilmagani sababli Meksikadan uçayotgan har bir reysda 20–30 nafar yölovçi qolib ketayotganini bildirgan.
Tailand Turizm va sport vaziri Surasak Phançaroenvorakul viza rasmiylaştirişdagi keçikişlardan vazirlik xabardor ekanini tasdiqlagan. Vazirlik 9-noyabr kuni Viza siyosati qömitasi yiğilişida Kolumbiya, Meksika va Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kirişni ma’qullaş böyiça taklif kiritişni rejalaştirgan.
Hozirda Özbekiston fuqarolari Tailand vizasini thaievisa.go.th sayti orqali rasmiylaştirişi mumkin. Viza yiğimi 40 dollarni taşkil etadi. Arizalarni körib çiqiş muddati belgilangan tartibda 10 kungaça bölişi kerak, biroq amalda tasdiq örtaça 15 kun içida yuborilmoqda.
Ma’lumot uçun, 2026-yilning dastlabki tört oyida Tailandga 16 291 nafar Özbekiston fuqarosi taşrif buyurgan. Hozirça 15 kunlik vizasiz rejim böyiça taklifning rasman tasdiqlangani va kuçga kiriş sanasi haqida ma’lumot berilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!