Rimning “Roma” klubi ayni dam jamoada o‘z o‘rnini topib keta olmayotgan futbolchilardan qutulmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashrining maʼlum qilishicha, “Roma”ning armanistonlik legioneri Genrix Mxitaryan qishki transferlar vaqtida klubni tark etishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, tajribali futbolchi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirish boʻyicha turli variantlarni koʻrib chiqadi. Armanistonlik futbolchi keyingi paytda ishonchli oʻyin namoyish eta olmayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Mxitaryan “Roma” safida joriy mavsum oʻn marta maydonga tushdi va raqiblari darvozasini ikki marotaba ishgʻol qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!