Joriy yilning 13—18-fevral kunlari institut rahbariyati Italiyaning Sannio universitetida bo‘lib, ikki oliygoh o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, institutda Italyan tilini ikkinchi til sifatida о‘qitishni boshlash yuzasidan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuv yakunida Namangan davlat chet tillari instituti va Sannio universiteti o‘rtasida shartnoma imzolandi.
Shuningdek, institut Italiyaning Kalabria va Piza universitetilari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.
Ma’lumot uchun, institut 2022-yili Prezident qarori bilan Is’hoqxon Ibrat nomida tashkil etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!