$
11964.27 UZS
-9.75
₽
144.49 UZS
-0.09
€
13323.41 UZS
-109.05
31° Kechasi 18°

Navoiydagi "raqqosa" qizlarning ota-onalariga belgilangan jarima noqonuniy deb topildi

21:00 / 02.10.2022

Navoiy viloyatining Karmana tumani kasb-hunar maktabining faollar zalida bayramga tayyorgarlik jarayonida voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning raqsga tushgani videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan, ularning ota-onalari jarimaga tortilgandi. Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi qo‘llangan ma’muriy jarima noqonuniy ekanini va u bekor qilinganini ma’lum qildi.

Adliya boshqarmasi ushbu jarima qanday asoslarda bekor qilinganini izohladi. Unga ko‘ra:

Voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-modda 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlanib, belgilangan tartibda jarimaga tortilandi. Voqeani aynan mana shu yeri tushunarsiz va shubhali bo'lib turgandi.

Sababi ushbu moddada — Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish qayd etilgan. Buning uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha ya'ni 6 mln so'mdan 240 mln so'mgacha jarima solinadi. 

Ma’muriy huquqbuzarlik deganda ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik tushuniladi (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, 10-modda).

Shuningdek, MJTKning 47-moddasida ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi belgilangan tartibda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilgan.
 
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu videorolikdagi xatti-harakatlar, xususan, alohida bir holatda qizlar davrasida raqs tushilishi “ota-onalarning bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmasligi” deb noto‘g‘ri huquqiy kvalifikatsiya qilingan, ya’ni mazkur holatda ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi mavjud emas.

Voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning raqs uslublari O‘zbekiston jamiyatidagi umumtarqalgan ma’naviy qadriyatlarga to‘la mos kelmasligi mumkin, lekin insonlarning axloqiy o‘lchamlari va qarashlari qonunlar bilan belgilangan normalardan noto‘g‘ri foydalanishga, ayniqsa javobgarlikka tortishga olib kelmasligi lozim.

Qaysi harakat yoki harakatsizlik uchun javobgarlik kelib chiqishi, qonunlarda aniq belgilab qo‘yilgan. Shu asosga ko‘ra, qo‘llangan jarima bekor qilindi.

O‘zbekistonning “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida” qonuniga asosan:

  • bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi (4-modda);
  • har bir bola erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga, o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga g‘ayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga ega (10-modda).
Xalqaro huquq normalariga to‘la mos keluvchi ushbu qonunda belgilangan kafolatlar har bir bola uchun maktab hududi bo‘ladimi, shaxsiy uy-joy bo‘ladimi, har qanday holatda ta’minlanishi shart.

Bundan tashqari, ota-onalarning bayon etishiga ko‘ra, lavha rasmiy manbalar va markaziy telekanallar orqali yoritilish jarayonida maktab o‘quvchilari hamda ota-onalar intervyu berish yuzasidan bosim ostida qolgan.

Natijada, voyaga yetmagan bolalar o‘z tengdoshlari, maktab ma’muriyati, ota-onalari va keng jamoatchilik oldida sazoyi qilingan.

Ushbu nomaqbul harakatlar voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘i va salomatligiga, ruhiy barqarorligiga o‘ta jiddiy ta’sir qilgan va ularning sha’ni va qadr-qimmati tahqirlanishiga olib kelgan. Eng asosiysi voyaga yetmaganlarga nisbatan bunday harakatlar noqonuniydir.

Yuqoridagi qonunga asosan, bola fikrlash erkinligi huquqiga ega (17-modda), inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish taqiqlanadi (16-modda).

Shuningdek, mazkur masalada ba’zi bir ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar hamda televideniye orqali berilgan intervyularda maktab ma’muriyati rahbari va ayrim o‘qituvchilariga nisbatan hayfsan va jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanganligi va ular egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi bayon etilgan. Ushbu holat ham adliya organlari tomonidan o‘rganilganda maktabning hech bir xodimi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi.

“Shu o‘rinda adliya organlari tarbiya va axloq, xalqimizning ma’naviy qadriyatlari, ushbu qadriyatlarga mos ravishda kelajak avlodni tarbiyalash shubhasiz, jamiyatimizning muhim bo‘g‘ini ekanligini to‘liq e’tirof etadi, shu bilan birga axloqiy masalalarni hal etishda huquq normalarining asossiz qo‘llanishi va bu orqali shaxslarning Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlangan huquq va manfaatlariga daxl etish mumkin emasligini eslatib o‘tadi”, — deyiladi Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi xabarida.


Bu ham qiziq

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026
Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026
Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

10-noyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda va…
09:48 / 10.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!