$
12191.25 UZS
15.72
154.20 UZS
-0.88
14111.37 UZS
-40.25
31° Kechasi 18°

Navoiy aeroportida yo‘lovchi tashish hajmi 2030-yilgacha 150 ming nafarga yetkaziladi

12:43 / 10.02.2026

2026-yil 9-fevral kuni Prezidentning “Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–50-son qarori qabul qilindi. Hujjat Navoiy xalqaro aeroportini mintaqaviy transport-xabga aylantirish, xalqaro yuk va yo‘lovchi oqimini kengaytirish hamda investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga qaratilgan.

Qarorga muvofiq, 2030-yilga qadar Navoiy xalqaro aeroportida amalga oshirilayotgan parvozlar soni 2,3 barobarga oshirilib, yiliga 7 mingtaga yetkaziladi. Shu bilan birga, yo‘lovchi tashish hajmi yiliga 150 ming nafarga, yuk tashish hajmi esa 45 ming tonnagacha oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkichlar aeroportning xalqaro logistika zanjiridagi o‘rnini sezilarli darajada mustahkamlashi kutilmoqda.

2026-yilning o‘zida BAA, Turkiya va Xitoydan pochta-kuryerlik hamda tijorat yuklarini yetkazib berish bo‘yicha aviaqatnovlar soni haftasiga 3 taga yetkaziladi. Bu qaror elektron tijorat, ekspress logistika va transchegaraviy savdoni rivojlantirish uchun muhim infratuzilmaviy asos yaratadi.

Transport vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi takliflariga asosan Navoiy xalqaro aeroporti hududida ilg‘or xorijiy tajribaga tayangan holda erkin iqtisodiy zona va “porto franko” rejimida faoliyat yurituvchi erkin bojxona zonasi tashkil etiladi. Ushbu zonada tovarlarni boj to‘lamasdan olib kirish, saqlash, qayta ishlash, import-eksport operatsiyalari, logistika, treyding, konsalting, moliya-audit va boshqa xizmat turlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

“Porto franko” erkin bojxona zonasi hududida xorijiy havo kemalari va ularning agregatlarini ta’mirlash uchun zarur aviatexnika ehtiyot qismlari erkin almashtiriladi. Chetdan keltiriladigan ehtiyot qismlari uchun milliy sertifikatlar talab etilmasligi belgilangan. Shuningdek, mahalliy aviakompaniyalar uchun ham ushbu zonada ta’mirlash ishlarini amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi.

Qaror bilan Navoiy xalqaro aeroporti MChJga ayrim turdagi aviayonilg‘i, maxsus texnika va ehtiyot qismlarni davlat xaridlari tizimisiz, taklif so‘rovi asosida xarid qilishga ruxsat berildi. 2029-yil 1-yanvarga qadar maxsus texnika va ehtiyot qismlar importi bojxona bojidan ozod etiladi. Shu bilan birga, aeroport bojxona postida xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini qayta ishlash infratuzilmasi modernizatsiya qilinib, o‘tkazuvchanlik qobiliyati oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy aeroporti “Uzbekistan Airports” tarkibidan chiqarilishi haqida xabar bergan edik. Unga mahalliy va xorijiy aviakompaniyalar bilan yo‘lovchi va yuk tashish, tranzit hamda texnik qo‘nishlar bo‘yicha mustaqil muzokaralar olib borish hamda shartnomalar tuzish huquqi beriladi.

 


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston hududiga “kislotali bulutlar” kelishi haqidagi xabarlar rad etildi

O‘zbekiston hududiga “kislotali bulutlar” kelishi haqidagi xabarlar rad etildi

“O‘zgidromet” ijtimoiy tarmoqlarda Eron hududida go‘yoki “kislotali bulutlar” shakllanib, ular yog‘inlar bilan Markaziy Osiy…
14:06 / 09.03.2026

														
														O‘zbekistonga ikki oyda 10 mingga yaqin elektromobil olib kirildi

O‘zbekistonga ikki oyda 10 mingga yaqin elektromobil olib kirildi

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki oy davomida mamlakatga jami 9 698 dona elektromobil olib kirilgan bo‘lib, ularn…
13:41 / 09.03.2026

														
														Yaqin Sharqdan 21 700 dan ziyod o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Yaqin Sharqdan 21 700 dan ziyod o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“9-mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga jami 21 712 nafar fuqaromiz qaytarildi”, – deya xabar bermoqda Tashqi ishla…
13:18 / 09.03.2026

														
														Tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi Top-10 reytingga kirdi

Tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi Top-10 reytingga kirdi

Klassik shaxmat bo‘yicha live reytingida ikki o‘zbekistonlik grossmeyster dunyoning Top-10’taligiga kirdi.
09:51 / 09.03.2026

														
														Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda esa sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda esa sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
09:19 / 09.03.2026

														
														Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, …
21:09 / 08.03.2026

														
														Qatardan bugun 202 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Qatardan bugun 202 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va qator davlatlar havo hududining yopilishi munosabati bilan Qatardan O‘zbekiston fuqarolar…
16:53 / 08.03.2026

														
														Yaqin Sharqdan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 19 347 nafarga yetdi

Yaqin Sharqdan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 19 347 nafarga yetdi

O‘zbekistonga Yaqin Sharq davlatlaridan qaytarilgan fuqarolar soni 8-mart soat 07:00 da 19 347 nafarni tashkil etdi. Bu haqd…
14:30 / 08.03.2026

														
														9-mart kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

9-mart kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

“O‘zgidromet” 9-mart uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dushanba kuni havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qator hududl…
14:11 / 08.03.2026

														
														O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport…
10:52 / 08.03.2026

Bu ham qiziq

Qatardan bugun 202 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Qatardan bugun 202 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va qator davlatlar havo hududining yopilishi munosabati bilan Qatardan O‘zbekiston fuqarolar…
16:53 / 08.03.2026
Putin Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi

Putin Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida Mos…
16:24 / 07.03.2026
Angrenda daydi itlarni tutish va nazorat qilish ishlari kuchaytirildi

Angrenda daydi itlarni tutish va nazorat qilish ishlari kuchaytirildi

Avvalroq shaharda daydi itlar hujumidan so‘ng 8 yoshli o‘quvchi vafot etgani haqida xabar berilgandi.
11:08 / 07.03.2026
Mo‘jtabo Xomanaiy Eronning yangi oliy rahbar deb e’lon qildi

Mo‘jtabo Xomanaiy Eronning yangi oliy rahbar deb e’lon qildi

Eronning rahbar organi — ekspertlar kengashi o‘ldirilgan Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mo‘jtabo Xomanaiyni mamlakatning yangi oliy…
09:42 / 09.03.2026
O‘zbekistonga ikki oyda 10 mingga yaqin elektromobil olib kirildi

O‘zbekistonga ikki oyda 10 mingga yaqin elektromobil olib kirildi

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki oy davomida mamlakatga jami 9 698 dona elektromobil olib kirilgan bo‘lib, ularn…
13:41 / 09.03.2026
O‘zbekistonda ayollar soni 18,9 mln nafardan oshdi

O‘zbekistonda ayollar soni 18,9 mln nafardan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda ayollar soni 18 979,0 ming na…
16:37 / 07.03.2026
O‘zbekiston TIV rahbari Erdo‘g‘an bilan uchrashdi

O‘zbekiston TIV rahbari Erdo‘g‘an bilan uchrashdi

Bu haqda vazir o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
09:15 / 08.03.2026
UFC 326. Charlz Oliveyra Maks Holloueyni mag‘lub etib, kamar sohibiga aylandi

UFC 326. Charlz Oliveyra Maks Holloueyni mag‘lub etib, kamar sohibiga aylandi

AQShning Las-Vegas shahridagi “T-Mobile Arena”da UFC 326 turniri bo‘lib o‘tdi.
10:34 / 08.03.2026
Tramp urushdan so‘ng Eron xaritasi o‘zgarishi mumkinligini aytdi

Tramp urushdan so‘ng Eron xaritasi o‘zgarishi mumkinligini aytdi

Trampdan urushdan keyin Eron xaritasi avvalgidek qoladimi, deb so‘rashganda, u: “Buni sizga ayta olmayman. Ehtimol, yo‘q”, –…
16:05 / 08.03.2026
Tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi Top-10 reytingga kirdi

Tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi Top-10 reytingga kirdi

Klassik shaxmat bo‘yicha live reytingida ikki o‘zbekistonlik grossmeyster dunyoning Top-10’taligiga kirdi.
09:51 / 09.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!