$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Navoiyda nosoz maishiy texnika uchun 10,5 mln. soʻmdan koʻproq pul sarflagan isteʼmolchilarning huquqlari tiklandi

21:15 / 02.12.2021

Navoiy shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan murojaatlar ijobiy hal etildi.

Qayd etilishicha, 2021-yil 26-noyabr kuni Navoiy shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Navoiy shahri, Tolstoy koʻchasi 38-uy, 20-xonadonda yashovchi fuqaro Xamza Ergashovning Navoiy shahridagi “GULOBOD” savdo majmuasida joylashgan savdo doʻkonidan 5 mln. 032 ming soʻmga sotib olgan “Smartfon Samsung A72 6/128Gb” rusumli qoʻl telefoni nosoz chiqqanidan norozilik bildirib, ushbu masalada amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Fuqaro murojaati Navoiy shahar jamiyatining murojaatlar daftariga roʻyxatga olinib, jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqilganda haqiqatdan ham qoʻl telefonida nosozliklar borligi kuzatilgan.

Shundan soʻng, savdo doʻkoni rahbariga isteʼmolchining isteʼmolchi sifatida huquqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli moddalari yuzasidan tushunchalar berilgan

Natijada, isteʼmolchiga, nosoz chiqqan qoʻl telefoni yangisiga almashtirib berilishida amaliy yordam koʻrsatilgan.

Yana bir Navoiylik Isteʼmolchi 2021-yil 10-noyabr kuni Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga Navoiy shahar Barkamol avlod koʻchasi 3-uy,15-xonadonda yashovchi fuqaro Farhod Bekpoʻlatovning ogʻzaki murojaati qabul qilingan.

Fuqaro oʻz murojaatida Navoiy shahrida joylashgan savdo doʻkonidan 5 mln. 500 ming soʻmga muddatli toʻlov asosida sotib olgan televizor kafolat muddati ichida nosoz chiqqanidan norozilik bildirib ushbu masalada amaliy yordam soʻragan.

Fuqaro murojaati Navoiy shahar jamiyatining murojaatlar daftariga qayd qilinib, jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqilganda haqiqatdan ham televizor nosoz holda ekanligi kuzatilgan.

Shundan soʻng, savdo doʻkoni sotuvchisiga isteʼmolchining isteʼmolchi sifatida huquqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining tegishli moddalari yuzasidan tushunchalar berilgan.

Natijada, fuqaroga televizor uchun toʻlagan 5 mln. 500 ming soʻm pul mablagʻi qaytarilishida va muddatli toʻlov asosidagi kredit shartnomasi bekor qilinishida amaliy yordam koʻrsatilgan.


Bu ham qiziq

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!