2025-yil 29–30-yanvar kunlari O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan Toshkent shahrida havo sifati sezilarli darajada yomonlashdi. Bu holat asosan noqulay meteorologik sharoitlar bilan izohlanmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi rasmiy ma’lumot berdi.
Qo‘mita tahliliga ko‘ra, havo ifloslanishining kuchayishiga shamolning yo‘qligi yoki juda past tezligi, shuningdek, harorat inversiyasi asosiy omil bo‘lgan. Inversiya paytida sovuq havo qatlami yer yuzasiga yaqin joylashib, iliq havo yuqori qatlamlarda saqlanib qoladi.
“Natijada havoga chiqarilgan mayda dispers zarrachalar yer yuzasining quyi chegaralarida “qamalib”, shahar havosida ma’lum muddat turib qolgan. Qo‘shimcha ravishda, tonggi soatlarda tuman kuzatilib, havodagi mayda aerozol zarrachalari konsentratsiyasini oshirgan. Tuman vaqtida atmosfera namligi yuqori bo‘lishi sababli PM2.5 zarrachalari havoda uzoqroq saqlanib, ifloslanish darajasi yanada ortadi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!