$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Nodirbek Abdusattorovga sovg‘a qilingan uy qaytarib olinganiga aniqlik kiritildi

11:10 / 08.01.2022

Turizm va sport vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Nodirbek Abdusattorovga sovg‘a qilingan uy qaytarib olingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, 7-yanvar kuni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Davrukov chempion va uning ota-onalarini Prezident sovg‘asi — 2 xonali kvartira bilan tanishtirgan. Tarqatilayotgan xabarlar esa haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“Yaqinda shaxmatning rapid yo‘nalishida FIDE jahon chempionligini qo‘lga kiritgan hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan ‘Mard o‘g‘lon’ davlat mukofoti bilan taqdirlandi va unga Prezident sovg‘asi sifatida Toshkent shahar Maxtumquli ko‘chasi 91/1 uy manzilidan ikki xonali kvartiraning kalitlari topshirildi.

Biroq turli yolg‘on va bo‘hton xabarlar tarqatish orqali o‘z obunachilarini ko‘paytirishga odatlangan blogerlar yana ‘hunarlarini’ ko‘rsatishmoqda. Jumladan, ular uyalmasdan Nodirbek Abdusattorovga sovg‘a qilingan uy kalitlari qaytarib olindi, degan mazmundagi xabarlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishmoqda. Eng yomoni, xalqimiz ham shu yolg‘on xabarlarga ishonib qolishayotganida. Tez kunlarda qonunchilikda belgilangan rasmiyatchilik ishlari yakunlanib, ushbu xonadon Nodirbek Abdusattorovga topshiriladi.

Janob blogerlar, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, yolg‘on va bo‘hton xabar tarqatganlik uchun ham o‘rnatilgan tartibda jazo choralari qo‘llaniladi. Shunday ekan, biron ma’lumot tarqatishda avval uni obdon tekshirib, ig‘vo va bo‘hton emasligiga ishonch hosil qilgandan keyingina ommaga tarqatishingizni maslahat beramiz. O‘zbekistonda senzura yo‘q, biroq bu sizga asoslanmagan, yolg‘on va bo‘hton xabarlar tarqatish huquqini bermaydi”, deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarinining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamayt…
09:01 / 12.11.2026
Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Bugun, 10-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölib, respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğir yoğişi va momaq…
16:07 / 09.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!