Seshanba kungi savdo sessiyasida grafik protsessorlar va chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniya Nvidia aksiyalari 3,5 foizga qimmatlashdi, deb yozadi Meduza. Shundan keyin, kompaniyaning umumiy kapitallashuvi 3,35 trillion dollargacha oshdi.
Microsoft aksiyalari 0,45 foizga, kapitallashuvi esa 3,317 trillionga tushgan. Apple aksiyalari 1 foizdan ko‘proqqa tushib, qiymati 3,286 trillionga yetdi.
“Shuningdek, Nvidia Uoll-stritdagi eng ko‘p sotiladigan kompaniyaga aylandi, uning aksiyalarining kunlik aylanmasi yaqinda o‘rtacha 50 milliard dollarni tashkil etdi – bu ko‘rsatgich Apple, Microsoft va Tesla uchun taxminan 10 milliard dollar”, – deb yozadi Reuters.
Kompaniya kapitalizatsiyasini ikki trilliondan uch trillionga oshirish uchun uch oy vaqt ketgan.
Nvidia aksiyalari atigi 2024-yilda uch baravar qimmatlashdi, chunki uning eng kuchli protsessorlariga talab taklifdan oshib ketdi. Ushbu chiplar sun’iy intellekt texnologiyalari uchun ham qo‘llaniladi. Bu sohada Microsoft, Meta, Google va boshqa kompaniyalar o‘rtasida kuchli raqobat mavjud.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!