$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 14°

Nyu-York—Toshkent reysi mast yo‘lovchi sabab Sankt-Peterburgga qo‘nishidan "Uzbekistan Airways" 22 ming dollar zarar ko‘rdi

13:10 / 14.12.2023

"Uzbekistan Airways"ning Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyoti zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi tufayli Sankt-Peterburgga favqulodda qo‘nishga majbur bo'lgan.  IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti samolyotning majburiy qo‘nishi oqibatida "Uzbekistan Airways" qancha zarar ko‘rganini ochiqladi.

Voqea 11-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:35 da HY102 reysida sodir bo‘lgan. Samolyot bortida 32 yoshli O‘zbekiston fuqarosi parvoz vaqti yonida bo‘lgan bir litr spirtli ichimlikni ichib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasdan, yo‘lovchilar tinchligini buzgan.  

Havo kemasining butligini ta’minlash maqsadida "Boeing 787" samolyoti sardori yo‘nalish bo‘ylab Sankt-Peteruburgdagi “Pulkovo” aeroportiga qo‘nishga qaror qilgan. Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berilgan. Zo‘ravonlik qilgan fuqaro politsiya xodimlari tomonidan reysdan tushirilgan.

Ta’kidlanishicha, samolyot “Pulkovo” aeroportiga qo‘nishi natijasida "Uzbekistan Airways" 22 244 dollarga teng zarar ko‘rgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Dunyodagi birinchi robot styuardessa namoyish etiladi

Dunyodagi birinchi robot styuardessa namoyish etiladi

Robot styuardessa 6-9-may kunlari “Arabian Travel Market” ko‘rgazmasida namoyish etiladi.
12:26 / 04.05.2024
Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Shifokorlar uni zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishgan.
14:32 / 04.05.2024
Gvatemaladagi Fuego vulqonini chaqmoq urdi

Gvatemaladagi Fuego vulqonini chaqmoq urdi

Sayyohlar vulqonining krateriga urilgan chaqmoqni suratga olishga muvaffaq bo‘lgan.
17:38 / 04.05.2024
Chorsudagi “tilla bozorga” o‘g‘ri tushdi va 49 million so‘mlik tillani o‘mardi

Chorsudagi “tilla bozorga” o‘g‘ri tushdi va 49 million so‘mlik tillani o‘mardi

Dastlabki surishtiruvlar natijasida ushbu ayol Qo‘qon shahrida yashovchi 49 yoshli X.G., yonidagi o‘smir esa uning 12 yoshli…
16:19 / 03.05.2024
Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Hindistonning Kerala shtatida 29-aprel kuni issiq urishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
15:36 / 03.05.2024
Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Qayd etilishicha, u portlash sababini aytmagan.
22:38 / 04.05.2024
Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson 25 yil davomida 6,5 milliard dollar to‘lashni rejalashtirmoqda.
12:41 / 03.05.2024
G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

Yaradorlar soni esa 77 ming 867 kishini tashkil etmoqda.
15:17 / 04.05.2024
Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Video muallifi Oleg Artemyev bo‘lib chiqdi.
15:49 / 03.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!