Bugun, 20-fevral kuni soat 07:41 da Toshkent shahar Olmazor tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida, avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVB xabar kelib tushgan. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga soat 07:45 da yetib borib, yong‘in soat 07:50 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!