“Tashabbusli byudjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi. Joriy yilgi 1-mavsumda 2 011 ta mahalla g‘olib bo‘ldi, shundan 329 tasi ilk bor. 2024 yilgi 2-mavsumda ham g‘olib chiqqan 826 ta mahalla bu mavsumda takroran g‘olib deb topildi.
Shu sababli, ushbu mahallalar 2025 yilgi 2-mavsum va 2026 yilgi 1-mavsumlarda tanaffus oladi.
Bu mahallalar va ulardagi maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqa tashkilotlar mazkur mavsumlarda loyiha bilan qatnasholmaydi.
Tanaffus beriladigan mahallalar ro‘yxati “Openbudget” portalida e’lon qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!