$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“O‘qituvchi usta, haydovchi esa ustaning shogirdi” – Furqat tumani hokimligi Prezidentni aldamaganini aytmoqda

10:25 / 14.05.2022

Joriy yil 12-13-may kunlari Prezident Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgan va tashrif davomida viloyatning Furqat tumanida faoliyat olib boruvchi “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasi bilan ham tanishgan edi.

Tashrif rejasiga kiritilgan mazkur obyektdan olib tarqatilgan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Gap shundaki, tashrif chog‘ida olingan suratda davlat rahbarining orqasida o‘ymakor shogird libosida tuman hokimining haydovchisi turgan. Shuningdek, Prezident bilan muloqot qilgan yana bir usta ham tumandagi 21-maktab direktori o‘rinbosari bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani hokimligi munosabat bildirdi.

Hokimlik, haqiqatdan ham, rasmda ko‘zga tashlangan shaxs Furqat tuman hokimining haydovchisi Ilhom Ahmadjonov ekanligini tasdiqlab, u O‘zbekiston xalq ustasi Muhammadali Yunusovning shogirdlaridan biri ekanligiga urg‘u bergan.

“Ilhom Ahmadjonov bir yildan beri Furqat tuman hokimligida haydovchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib keladi. Avvaldan o‘zida o‘ymakorlikka, duradgorlikka qiziqish borligi sabab, tumanga kelgach “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasida milliy yog‘och o‘ymakorligi sanʼati o‘rganish imkoniyati mavjudligidan foydalanib, shogird sifatida hunar sirlarini o‘rgana boshlagan. Kechagi tashrifda ham korxonada doimiy faoliyat olib borayotgan ustalardan tashqari Hunarmandlar maktabining qator o‘rganuvchilari ham bo‘lishganini eʼtiborga olganda, Ilhom Ahmadjonovning ham ular qatorida u yerda bo‘lishi tabiiy holatdir”, – deyiladi hokimlik munosabatida.

Shuningdek, tuman hokimligi davlat rahbari bilan muloqot qilgan maktab direktori o‘rinbosari Ilhomjon Sulaymonov haqida ham tushuntirish berib, unda Sulaymonovning faoliyati davomida maktabda mehnat fanidan o‘qituvchi bo‘lgani, o‘quvchilarga duradgorlik va o‘ymakorlik bo‘yicha saboq bergani, hozirda tumandagi 21-maktabda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha 0,75 stavkada direktor o‘rinbosar bo‘lib ishlab kelishini aytadi.

Bundan tashqari Sulaymonovning “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasida tushdan keyin usta-o‘rgatuvchi lavozimida ishlashi va unga 10 nafar shogird biriktirilgani taʼkidlanadi.


Bu ham qiziq

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!