“Persepolis”, “Istiqlol” va “Gol Gohar Sirjan” klublari 2022-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqiga ega emas deb eʼlon qilindi.
Keltirilishicha, klublar OFK Klublarni litsenziyalash reglamentining 3.1 va 3.2 (a) bandlarida talab qilinganidek barcha majburiy mezonlarga javob bermagan.
Bundan tashqari, tashkilot nazorat organi “Gol Gohar Sirjan FC” tomonidan taqdim etilgan favqulodda arizani ham rad etgan.
Qayd etish mumkin, oʻtgan yil “Persepolis” Eron chempionligini qoʻlga kiritib, OChL guruh bosqichida toʻgʻridan toʻgʻri qatnashishi, “Istiqlol” esa uchinchi oʻrinni band etib, pley-offdan kurashga kirishishi kerak edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!