2024-yilda Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani Misr Arab Respublikasida arab tiliga tarjima qilinib, ko‘p nusxada chop etilgan edi. Keyinchalik u Saudiya Arabistonida qayta chop etildi.
O‘za axborot agentligi xabar berishicha, bu asar bilan tanishgan Koreya Respublikasining taniqli olimi, adib va tarjimon, o‘zbek adabiyotining muxlisi va targ‘ibotchisi Keymyung universiteti professori Chung Sun Kim Farg‘onaga tashrif buyurgan.
“Men Kumushdek go‘zal, iffatli va jasoratli qahramonim borgan Marg‘ilonni ko‘rish, uning qadim ko‘chalaridan yurish, hunarmandlari bilan suhbatlashish uchun bu yurtga keldim. Niyatim Abdulla Qodiriy falsafasi, Otabek, Kumush, Oftoboyim ruhiyatini anglash. Shundan keyingina “O‘tkan kunlar” tarjimasiga o‘tiraman” – deydi Chung Sun Kim.
Koreyalik mehmon Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohligida Kumushning Marg‘ilondagi ramziy xonadonida bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!