“Biz ko‘plab masalalar bo‘yicha bir to‘xtamga keldik va Kanadadagi saylovlardan so‘ng tez orada uchrashamiz”, – deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Kanadada parlament saylovlari 28-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Karni AQSh va Kanada o‘rtasidagi chuqur iqtisodiy va harbiy aloqalar davri tugaganini e’lon qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Kanadadan import qilinadigan avtomobillarga 25 foizlik boj joriy etgani uchun javob choralari ko‘riladi.
Kanadadagi parlament saylovlari mamlakat va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlar taranglashgan paytga to‘g‘ri keldi. Tramp bir necha bor Kanadaga AQShning 51-shtati sifatida qarash istagini bildirgan.
Karni esa keskin pozitsiyani tanlab, “AQSh prezidenti Kanadaga hurmat bilan munosabatda bo‘lmaguncha va anneksiya tahdidlarini to‘xtatmaguncha, savdo muzokaralarida ishtirok etmayman”, –deya bayonot bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!