$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

O‘z uyida “o‘g‘rilik sahnasi”ni uyushtirgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

13:43 / 04.01.2022

Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi 23 yoshli Sh.D. (ayol) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2021-yil 22-dekabr kuni soat 13:00larda ikki nafar noma’lum shaxslar, boshlariga “kepka” kiyib, yuzlariga tibbiy niqob taqib, o‘tkir tig‘li jism bilan qurollanib, uni yashayotgan uyiga devor oshib o‘tish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, unga hamda qo‘lida bo‘lgan voyaga yetmagan 7 oylik farzandi Z.M., ga nisbatan o‘tkir tig‘li jism bilan tahdid qilishib, shikast yetkazish bilan qo‘rqitib, xonadonida bo‘lgan pul va moddiy qimmatliklarni berishini talab qilib, jami bahosi 19 mln so‘mlik tilla buyumlar,110 AQSh dollari va 1,1 mln so‘m pullarni egallab, hodisa joyidan yashiringanliklarini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov davomida, ushbu jinoyatni hech kim sodir etmaganligi, uni xonadon egasi Sh.D. reja asosida qasddan o‘zi uyushtirganligini, bunga sabab qilib, turmush o‘rtog‘i turmushi davomida unga befarq bo‘lib, e’tibor bermayotganligi oqibatida uni o‘ziga jalb qilish maqsadida mazkur holatni uyushtirganligi aniqlangan.

Mazkur jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandidan 237-moddasi 1-qismi (yolg‘on xabar berish)ga qayta malakalanib, shu kuning o‘zidayoq Sh.D. gumonlanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Kiyevni öqqa tutiş natijasida Podolskiy tumanidagi xususiy uy zarar kördi, ikki kişi yaralangan, dedi şahar hokimi Vitaliy K…
15:53 / 21.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!