$
11974.79 UZS
-54.41
159.64 UZS
-0.62
14008.11 UZS
-57.63
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Umra safari narxlari oshgani yuzasidan izoh berdi

15:01 / 05.06.2022

“Haj-2022” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilangandi. Musulmonlar idorasi ushbu to‘lovga nimalar kirishi haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilingan. Shuningdek, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30–40 foiz) oshgan.

O‘zbekiston tomoni Saudiya bilan muzokaralar olib borgan. Natijada ziyoratchilar uchun iqtisodiy paket narxiga luks darajasidagi xizmat ko‘rsatishga erishgan va to‘lov uchun o‘rta narxni belgilagan.

Bundan tashqari, o‘zbekistonliklar joriy mavsumda birinchi marta Madina shahrida “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonalarida yashaydi. Makka shahrida esa “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasiga joylashadi.

“Ayrim davlatlarda eng qimmat paketlar narxi 25 ming dollargacha etib belgilangan.

Yurtimiz ziyoratchilarining safar davomiyligi ham ayrim qo‘shni davlatlar ziyoratchilari singari 14–17–20 kun emas, balki 26 kunni tashkil etadi. Bu ham, tabiiy ravishda, narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, joriy haj mavsumida Saudiya hukumatining qaroriga asosan, barcha to‘lovlar shirkatlar orqali emas, balki Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligining “Haj elektron portali” orqali belgilangan tartibda amalga oshirilgan. Ushbu portalda har bir davlat uchun alohida hisob raqami mavjud bo‘lib, barcha xizmatlar: mehmonxona, transport, mashoir va hokazolar uchun shu yerning o‘zida inson omilisiz shaffof holda amalga oshiriladi.

Mashoir (Mino, Arafot, Muzdalifa) xizmatlari ham sezilarli darajada ko‘tarilgan. Shunday bo‘lsa-da, iqtisodiy paket olingan va oldinlari taqdim etilmagan xizmatlar ko‘rsatishga erishilgan.

Jumladan, avvallari ziyoratchilar Mino vodiysida gilamda yotgan bo‘lsa, bu yil har bir hoji uchun maxsus yoyma to‘shaklar (matraslar) ajratiladi. Shuningdek, boshqa davlatlarda 3 mahal issiq ovqat berilmasa-da, o‘zbekistonlik ziyoratchilari uchun Mino va Arafotda ham 3 mahal issiq ovqatlar tortiq etiladi. Qolaversa, 24 soat davomida bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

Oltinchidan, haj uchun to‘langan mablag‘ ichiga quyidagiar kiradi:

  • Haj vizasi;
  • aviabilet;
  • shaharlararo (Madina-Makka-Jidda) transport xizmati;
  • Madina shahrida “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonasi;
  • Madina shahrida Uhud tog‘i, Qubo va ikki qiblali masjidlarga ziyorat;
  • Makka shahrida “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi;
  • Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylaridagi barcha xizmatlar;
  • 24 soat tibbiy xizmat;
  • hojilarning tibbiy sug‘urtasi;
  • 24 soat transport xizmati;
  • 3 mahal isiq ovqat: nonushta, tushlik va kechki ovqat;
  • haj qo‘llanmasi;
  • davlat ramzlari tushirilgan nimcha va sumka;
  • “zamzam” suvi (5 litr);
  • respublikaning 7 ta hududidan kuzatish va kutib olish;
  • Madinai munavvaraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys;
  • qurbonlik.

“Bu yil ziyoratchilarimizga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan. Buning uchun barcha kuch va imkoniyat safarbar etilgan.

Maqsad aniq — yurtdoshlarimizning haj amallarini ishonchli va xavfsiz tashkil etish hamda ibodatlari mukammal bo‘lishini ta’minlash”, – deyiladi xabarda


Bu ham qiziq

30-aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi.

30-aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi.

Ko‘pchilik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi…
22:19 / 29.04.2026
“Haj–2026” mavsumi 2-maydan boshlanadi

“Haj–2026” mavsumi 2-maydan boshlanadi

O‘zbekistonlik ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga Haj ziyorati uchun jo‘natish mavsumi 2026-yil 2-maydan 18-mayga qadar da…
14:03 / 29.04.2026
Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Ikki karra Olimpiada va Jahon chempioni Bahodir Jalolov 9-may kuni Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida o‘tkaziladigan y…
10:44 / 30.04.2026
Aprelda so‘m kursi mustahkamlandi

Aprelda so‘m kursi mustahkamlandi

2026-yil aprel oyida AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 1,9 foizga pasaydi. Oy davomida valyuta kursining o‘rtach…
14:22 / 30.04.2026
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi 2026-yil 29-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz s…
11:29 / 29.04.2026
Soliq boshqarmasi xodimi pora bilan ushlandi

Soliq boshqarmasi xodimi pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi jinoyatlarga qarshi kurashi…
09:59 / 29.04.2026
1-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

1-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:19 / 30.04.2026
Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan 200 ga yaqin odamni qo‘lga oldi

Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan 200 ga yaqin odamni qo‘lga oldi

TRT xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azoga gumanitar yordam yetkazishni maqsad qilgan “Global Sumud” nomli flotiliyaga huju…
17:32 / 30.04.2026
Qariyb 13 kg “opiy” noqonuniy aylanishdan to‘xtatib qolindi

Qariyb 13 kg “opiy” noqonuniy aylanishdan to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida yirik miqdordagi giyo…
09:19 / 30.04.2026
Saida Mirziyoyeva: Toshkent teatrlarida yangilanish boshlanadi

Saida Mirziyoyeva: Toshkent teatrlarida yangilanish boshlanadi

Toshkentdagi teatrlar doimo ijodiy hayot markazi bo‘lib kelgan. Biroq ayni paytda poytaxtdagi ko‘plab teatrlarning moddiy-te…
09:51 / 30.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!